Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:22

Xakerlar Barak Obamani "o'ldirdi"


Noma'lum xakerlar guruhi AQShdagi nufuzli Fox News axborot telekanaliga tegishli rasmiy Twitter sahifani buzishdi va u yerda AQSh prezidenti Barak Obamaning otib o'ldirilgani haqida yol'gon xabar tarqatishdi.

Bundan bir necha soat oldin Fox News telekanalining siyosiy xabarlarga mo'ljallangan rasmiy Twitter sahifasida prezident Obama "o'ldirilgani" haqida chop etilgan xabarlar sahifaning qariyb 35 ming "kuzatuvchisi" orasida shov-shuvga sabab bo'ldi. Xabarlardan birida Obama Ayova shtatidagi restoranda ikkita o'q bilan otib o'ldirilgani haqida gapiriladi:

- @BarackObama saylovoldi kampaniyasi doirasida Ayova shtatiga qilgan tashrifi chog'ida Ross restoranida ikki o'q bilan otib o'ldirildi. Obama oilasida ta'ziya bildiramiz, - deyiladi mikro-xabarda.



O'zlarini "ScriptKiddies" deya tanishtirgan xakerlar guruhi telekanal mikroblog sahifasiga qilingan hujum mas'uliyatini o'z bo'yniga oldi. Ularing rasmiy Twitter sahifasi bu ma'lumot chop etilishidan ko'p o'tmasdan Twitter ma'muriyati tarafidan yopildi.

Hozircha Fox News telekanali xakerlarning bu "qilig'i"ga nisbatan rasmiy bayonot bergani yo'q.

So'ngi vaqtda xakerlar guruglari onlayn dunyoda faollashib bormoqda. Eslatamiz, bir necha hafta oldin LulzSec nomli xakerlar guruhi AQSh senati, Markaziy Razvedka Boshqarmasi, Federal Qidiruv Byurosi va boshqa bir qator yirik shirkatlar veb-saytlari va serverlariga hujum qilub, ulardagi maxfiy ma'lumotlarni o'g'irlagan edi.
XS
SM
MD
LG