Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:28

Xalqaro Amnistiya va HRU O‘sh qirg‘ini haqida hisobot e‘lon qildi


Iyun voqealarida uyi kuyib ketgan o'shlik.
Iyun voqealarida uyi kuyib ketgan o'shlik.
Inson huquqlari tashkilotlari Qirg‘iziston janubida o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida ro‘y bergan qonli voqealar uchun mas‘ul shaxslar javobgarlikka tortilmasa, bunday voqealar takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Qirg‘iziston janubida 2010 yil 10 iyunida boshlangan qonli voqealarning bir yilligi munosabati bilan Xalqaro Amnistiya tashkiloti chiqargan hisobotda fojia uchun mas‘ul shaxslarning javobgarlikka tortilmaganiga “millatchilik va korrupsiya” sabab bo‘lgani aytiladi.

O‘sh, Jalolobod va Qirg‘iziston janubidagi boshqa mintaqalarda ro‘y bergan qonli to‘qnashuvlarda 470 dan ortiq odam nobud bo‘lgan.

Xalqaro Amnistiya ma‘lumotiga ko‘ra, zo‘ravonliklar qurbonlarining 75 foizi o‘zbeklar bo‘lgan.

Ko‘rilgan moddiy zararning 90 foizi ham o‘zbeklarga to‘g‘ri kelgan.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti rasmiy ma‘lumotlarga asoslanib, zo‘ravonliklardan keyin hibsga olingan 271 kishidan 230 nafari o‘zbeklar, atigi 29 nafari qirg‘izlar ekani alohida qayd etiladi.

Ayni paytda Hyuman Rayts Uotch tashkiloti e‘lon qilgan "Buzuq adolat" nomli hisobotda "asosan o‘zbeklarga qarshi qaratilgan soxta tergovlar yarashuv urinishlariga putur yetkazishi va kelgusida yangi zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan tarangliklarga hissa qo‘shishi" ta‘kidlanadi.
XS
SM
MD
LG