Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:53

Xalqaro parvozlar soni ko‘paydi


Ole Christian Rousing olgan surat.
Ole Christian Rousing olgan surat.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviashirkati bahorgi-yozgi jadval bo‘yicha parvozlarni amalga oshira boshladi.

Yangi jadvalda Rossiyaning Moskva, Sank-Peterburg, Rostov-Don va Kaliningrad shaharlariga parvozlar soni ko‘paygan.

Aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, Farg‘ona - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha seshanba kunlari qo‘shimcha reys qo‘yilgan.

Toshkent - Sankt-Peterburg yo‘nalishida yakshanba kunlariga haftaning to‘rtinchi reysi belgilangan.

Mineralniye Vodы yo‘nalishida uchadigan RJ-85 samolyotlari bundan buyon Urgench shahrida to‘xtab o‘tadi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning samolyotlari Toshkent - Rostov-Don yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta uchadigan bo‘ldi.

Farg‘ona - Samarqand - Qozon yo‘nalishidagi parvozlar ikkiga, ya‘ni, Farg‘ona - Qozon va Samarqand - Qozon yo‘nalishi bo‘yicha alohida reyslarga ajratildi.

Dastlab Andijon orqali Novosibirsk shahriga uchadigan samolyotlar Namangan orqali uchishi belgilandi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati samolyotlari Rossiyaning Sochi shahriga haftada ikki marta, seshanba va shanba kunlari uchadi.

Bundan tashqari Kaliningrad shahriga chorshanba kunlari bitta qo‘shimcha reys qo‘yildi.

Ayni paytda 2 iyundan 2 sentabrgacha Toshkent - Riga - Nyu York yo‘nalishi bo‘yicha bitta qo‘shimcha reysning qo‘shilishi rejalangan. Bu parvoz haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent - Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha samolyotlar dushanba va payshanba kunlari uchadi. Uchinchi reys talabga qarab belgilanishi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek, Parij va Milandan Toshkentga qaytayotgan samolyotlar vaqti-vaqti bilan Urgench shahrida to‘xtab o‘tadi.

Bundan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlari Yaponiyaning faqat Tokio shahriga uchadi. Osaka yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar bekor qilindi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviashirkati 2011 yilda yangi yo‘nalishlar bo‘yicha, xususan, Rossiyaning Xabarovsk, Hindistonning Mumbay, Pokiston poytaxti Islomobod shaharlariga parvozlarni amalga oshirishni rejalagan.

Hozirgi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviashirkati tasarrufida 200ga yaqin samolyot va vyertolyot bor.
XS
SM
MD
LG