Линклар

Шошилинч хабар
28 сентябр 2021, Тошкент вақти: 12:34

Xodimlarni haqoratlab, "qonini ichish" bilan tahdid qilgan IIV mulozimiga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi


Polkovnik Mahkam Vafoyev 2020 - yilda prezident Mirziyoyev tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan

13 - yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari¸ huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i¸ polkovnik Mahkam Vafoyevga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi.

Bu haqda Ozodlikka ismi sir qolishini istagan vazirlikning Kadrlar boshqarmasi inspektori ma’lum qildi.

Inspektorga ko‘ra, xizmat tekshiruvchiga Ozodlik radiosida qo‘l ostidagi profilaktika inspektorlarini o‘z topshirig‘ini bajarmagani uchun qattiq haqoratlagani va ularga “qonini ichish” bilan tahdid qilgan audioyozuv asos bo‘lgan.

“Bu voqea aslida 2020 - yilning mart oyida bo‘lgandi. O‘shanda polkovnik rahbariyatning oldiga kirib, asabiylashganini, karantin oldidan choralarni kuchaytirish uchun qattiqqo‘llik qilganini aytgan. Ammo unga nisbatan hech qanday jazo qo‘llanilmagan.

Biroq bu galgisi qattiqroq shekilli, xizmat tekshiruvi o‘tkazayotganlar orasida prokuraturadan ham odamlar bor” dedi mulozim.

Inspektorning iddaosiga ko‘ra, xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati tomonidan berilgan.

President.uz saytiga ko‘ra, mazkur xizmatga sobiq MXX raisi, general-polkovnik Rustam Inoyatov rahbarlik qiladi.

Ozodlikka yuborilgan 50 sekundlik audioda Mahkam Vafoyev ekani aytilayotgan mulozim¸ o‘zi talab qilgan raqamlarni taqdim qilmagani uchun¸aftidan¸ tuman HOOB boshliqlarini haqorat qilgan:

Ozodlik gaplashgan ichki ishlar tizimi mulozimlari Vafoyev qudratli senatorlardan biriga qarindosh ekanini iddao qilgan. Ular Vafoyevning “so‘kong‘ichligi” ma’lum va mashhur ekaniga qaramasdan, uning bunday xulq-atvori jazosiz qolayotganini qarindosh rishtalariga bog‘lagandi.

11 - yanvar kuni Ozodlik bog‘langan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati vakili ovoz egasi polkovnik Vafoyev ekanini inkor qilmagan, ammo audio " 7-8 oy oldin yozilgani, ushbu masala yuzasidan mulozimga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgani"ni aytgan edi. U ovoz egasining "ayni vaqtda davolanish ta’tilida" ekanini qo‘shimcha qilgan.

O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimidagi ko‘plab mulozimning so‘kong‘ichligi audio va videolarda tasdiqlanganiga qaramay¸ hozirgacha ulardan birortasi qo‘l ostidagilar yoki oddiy aholi vakillarini haqorat qilgani uchun vazifasidan bo‘shatilgan emas.

XS
SM
MD
LG