Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:11

Xodorkovskiyni ozod qilish chaqiriqlari tobora balandroq yangramoqda


Yakshanba kuni Moskvada Mixail Xodorkovskiy himoyasiga uyushtirilgan tadbir qatnashchilaridan 10 nafari hibsga olindi.

Rossiya hukumatining tadbirkor¸ YuKOS shirkatining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni qamoqda uzoq ushlab turish urinishlariga norozilik bildirgan bir necha o‘n kishi Moskvadagi eski Arbat ko‘chasi bo‘ylab yurish qildi.

26 iyun kuni Sankt-Peterburgda YuKOS shirkatining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan¸ ruxsat berilgan miting bo‘lib o‘tdi. Mitingda 200 ga yaqin odam qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari “Siyosiy mahbuslar ozod qilinsin”¸ “Xodor ozod bo‘lsin¸ Putin turmaga borsin” degan shiorlarni ko‘tarishdi.

Ayni kunda Londondagi “Qattiqroq gapiring” nomli jamoat harakati ham Mixail Xodorkovskiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.

London markazidagi Trafalgar maydonida o‘tgan tadbir qatnashchilari “Xodorkovskiyga ozodlik” deya yozilgan shiorlarni ko‘tarib turishdi.

Ozodlikning Londondagi muxbiriga ko‘ra, YuKOS shirkatining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy surati tushirilgan 48 ta havo shari bolalarga tarqatilgan.
XS
SM
MD
LG