Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:48

“Yakuniy g‘alabaga qadar”. Saylov natijalarini tan olmagan Gruziya muxolifati yalpi norozilikni boshlamoqda (VIDEO)


“Yakuni g‘alabaga qadar”. Saylov natijalarini tan olmagan Gruziya muxolifati yalpi norozilikni boshlamoqda

Dam olish kunlari Gruziyada mintaqaviy saylovning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Muxolifat uning natijalarini “yoppasiga soxtalashtirilgan”, deb atadi va tan olishdan bosh tortdi. Respublika Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, 20 shahardan 19 tasida, jumladan, poytaxt Tbilisida merlar saylovida iqtidordagi “Gruziya orzusi” partiyasi yutib chiqqan.

“Imedi” va “Mtavari” telekanallari buyurtmasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar esa ters natijalarni ko‘rsatmoqda.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti kuzatuvchilari Gruziyadagi saylovlarda 150 ta qonunbuzarlik holati aniqlanganini ma’lum qilishdi. Nomzodlar olgan ovozlar sonidagi farq kichikligini hisobga olganda bu qonunbuzarliklar “yakuniy natijalarga va saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga sezilarli darajada ta’sir etgan”, deyiladi tashkilot hisobotida.

Salenjixa Gruziya g‘arbidagi chog‘roq shahar bo‘lib, Abxaziya bilan ma’muriy chegara yaqinida joylashgan. Bu yerda qariyb 25 ming aholi yashaydi. Salenjixa – muxolifat g‘alaba qozongan yagona shahar. Mahalliy meriyaga “Yagona milliy harakat” partiyasi vakili Georgiy Xarchilava rahbar bo‘ldi. U mamlakatda o‘zgarishlar aynan Salenjixadan boshlanajagini e’lon qildi.

Ikkinchi tur o‘tkazilgan qolgan 19 shaharda esa, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, iqtidordagi “Gruziya orzusi” partiyasi nomzodlari g‘alaba qozongan.

Bir necha yirik partiyani jamlagan muxolifat koalitsiyasi bu natijalarni tan olmadi. “Yagona milliy harakat”dan Tbilisi meri lavozimiga sobiq nomzod Nika Meliya hokimiyat g‘alabani o‘zlashtirish bilan mamlakatda “saylovlarga barham bergan”ini aytdi.

Gap shundaki, birinchi bosqichda qator yirik shaharlar – Kutaisi, Batumi va Zugdidida muxolifat nomzodlari 50 foizlik to‘siqdan oshib o‘ta olmagan bo‘lsa-da, baribir “Gruziya orzusi” nomzodlariga nisbatan ko‘proq ovoz to‘plashgan edi.

“Hokimiyat o‘zini g‘olib chog‘lamoqda. Bo‘lmagan gap. G‘olib – gruzin xalqi bo‘ladi. Oz qoldi. Yaqin kunlarda do‘stlarimiz bilan Batumiga borib, u yerdagi safdoshlarimiz bilan birga norozilik chiqishlarini o‘tkazamiz. Kutaisi va boshqa shaharlarga ham boramiz”, deya bayonot berdi Nika Meliya.

“Gruziya orzusi” partiyasi esa saylov natijalarini “ishonchli g‘alaba” deb atab, muxoliflarini mag‘lubiyatga rozi bo‘lishga chaqirmoqda. Rasmiylar nazarida saylov “raqobat muhitida” bo‘lib o‘tgan.

Ayni chog‘da iqtidordagi partiya saylov yakuniga ko‘ra olti munitsipalitet qonunchilik kengashlarida fraksiyaviy ko‘pchilik maqomini boy berdi.

Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi vakolatxonasi bayonotida “resurslar teng taqsimlanmagan”i kuzatilganligi va “bu iqtidordagi partiyaning qo‘li baland kelishiga imkon bergan”i haqida so‘z boradi.

Muxolifat esa ma’muriy resurslardan foydalanish, saylovchilarni qo‘rqitish va sotib olish, saylov bayonnomalarini soxtalashtirish faktlari aniqlangani haqida gapirmoqda. Mazkur bayonotlar ortidan 6 - noyabr kuni Tbilisida keng ko‘lamli miting o‘tkazilishi e’lon qilindi.

“Norozilik chiqishlari uzoq davom etadi – to g‘alabagacha”

Saakashvili tuzgan “Yagona milliy harakat” partiyasi siyosiy kengashi a’zosi Georgiy Baramidze “Nastoyashcheye vremya” efirida 2 - noyabr kuni‑yoq Batumida katta norozilik aksiyasi, shuningdek, Mixail Saakashvili yotgan qamoqxona oldida piket o‘tkazilishi haqida so‘zlab berdi. Baramidzega ko‘ra, boshqa shaharlarda ham aksiyalar “to yakuniy g‘alabaga qadar” davom etadi.

XS
SM
MD
LG