Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:05

Yamanda garovga olingan o‘zbek shifokori ozod etildi


Yamanda fevral oyi ohirida mahalliy qabila vakillari tarafidan o‘g‘irlab ketilgan va qirq kundan buyon shu guruhlar qo‘lida ushlab turilgan tojikistonlik o‘zbek shifokori Hamidjon Olchiboyev ozod etilgani aytilmoqda.

Bu haqda Olchiboyevni Yamanda ishga ëllagan Rossiyaning "Texnostroyeksport" shirkati vakillari ma‘lum qildi.

- Hamidjonni bugun tunda ozod etishdi. Ahvoli yaxshi, hozir u hukumat rasmiylari huzurida, uni maxsus ziyofatga taklif etishgan,- dedi "Texnostroyeksport" vakili Saidahmad Bekov.

Shabvadagi qabila vakillari 2009 yili dekabr oyida hukumat kuchlari tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalaridan halok bo‘lganlarning yaqinlariga hukumatdan tovon puli undirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga erishish maqsadida shifokorni o‘g‘irlagan edilar.

Hamidjon Olchiboyev garovdan nima evaziga ozod etilgani oshkor qilingani yo‘q. Yamanda xorij fuqarolarining o‘g‘irlab ketilishi va ularning ozod etilishi evaziga turli talablarning qo‘yilishi tez-tez ro‘y berib turadi.

28 fevral kuni o‘g‘irlab ketilgan Hamidjon Olchiboyev Rossiyaning "Texnostroyeksport" shirkati orqali tuzilgan shartnoma asosida 2007 yildan beri Yaman poytaxti Sanaadan 250 kilometr sharqda joylashgan Shabva viloyatida jarroh bo‘lib ishlab kelgan.
XS
SM
MD
LG