Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:18

Yamanda o‘g‘irlangan vrach tojikistonlik bo‘lib chiqdi


Yemen -- Anti-government protesters shout slogans during a protest outside Sanaa University, 28Feb2011
Yemen -- Anti-government protesters shout slogans during a protest outside Sanaa University, 28Feb2011
Yamanning Shabava viloyatida mahalliy qabila vakillari tarafidan o‘g‘irlab ketilgan vrach Tojikiston fuqarosidir.

Rossiyaning Sanadagi elchixonasi bu ma‘lumotni tasdiqladi.

"28 fevral kuni Yaman janubidagi Attak shahrida Tojikiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi. Bu odam xususiy rus shirkati orqali mahalliy kasalxonalardan birida jarroh bo‘lib ishlagan va hozir u garovda ushlab turilibdi", - dedi Rossiyaning Yamandagi elchixonasi matbuot vakili Aydar Tuygunov.

O‘g‘irlab ketilgan shaxsning 60 yashar Hamidjon Ochilov ekani va uning 2007 yildan buyon Yamanda doktor bo‘lib ishlab kelgani aytilmoqda.

Qabila yetakchilari vrachning ozod etilishi evaziga 2009 yili hukumat kuchlari amalga oshirgan havo zarbalaridan halok bo‘lgan 45 yamanlik oila a‘zolariga tovon puli to‘lashni talab etmoqda.

Avvalroq, Reyters axborot agentligi o‘g‘irlab ketilgan doktorning o‘zbek ekani¸ boshqa agentliklar esa uning rus ekani haqda xabar qilgan edi.

Yamanda vrachlar o‘g‘irlanishi holati tez-tez kuzatiladi. Qabila rahbarlari Sana rasmiylaridan qamoqdagi qarindoshlari ozod etilishiga erishish yoki iqtisodiy talablarga ko‘ndirish uchun bunday amalga qo‘l uradi.

Yamanda o‘zbekistonlik vrachlar ham anchagina. Sanadagi kasalxonalardan birida ishlayotgan o‘zbekistonlik anesteziolog Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Yamanda ishlayotgan o‘zbek vrachlari soni bir necha mingni tashkil etishi haqda gapirgan edi.
XS
SM
MD
LG