Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:03

Yaponiyadan Rossiyaga keltirilgan avtomobillarda radiatsiya aniqlandi


Yaponiyadan Vladivostok portiga olib kelingan qo‘llanilgan avtomobillarning radiatsiya darajasi tekshirilmoqda.
Yaponiyadan Vladivostok portiga olib kelingan qo‘llanilgan avtomobillarning radiatsiya darajasi tekshirilmoqda.
Rossiya bojxona idorasi rasmiylari Naxodka portida Yaponiyadan import qilingan yettita avtomobilda radiatsiya darajasi yuqori ekanini aniqladi.

Naxodka bojxona idorasi matbuot vakili Yuliya Tislenkoning Ozodlikka aytishicha, avtomobillar yaqinida radiatsiya darajasi ruxsat etilgan eng yuqori normadan yetti marta ko‘pdir.

Mahalliy rasmiylar qaror qabul qilgunicha avtomobillar va uni olib kelgan yuk mashinasi maxsus joyga olib borib qo‘yilgan.

Vladivostok shahrida ham Yaponiyadan olib kelingan 49ta avtomobilda radiatsiya darajasi yuqori ekani aniqlandi.

Keyinroq 23ta mashinada radiatsiya darajasi normaga tushgan. 26 avtomobil yuvib, tozalangan.

Ayni paytda 11 mart kuni ro‘y bergan kuchli zilzila va sunami oqibatida shikastlangan Yaponiyaning Fukusima Dayichi atom elektr stansiyasidan atrof
XS
SM
MD
LG