Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:52

"Yaponlarni tushunish oson emas!"


Yaponiya odam qiyofasidagi robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan mo‘‘jizalar diyoridir.
Yaponiya odam qiyofasidagi robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan mo‘‘jizalar diyoridir.
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga safari kunlarida Ozodlik kunchiqar yurtida o‘qib¸ Tokiodagi yirik xalqaro shirkatda nufuzli lavozimda ishlayotgan o‘zbekistonlik Shohruh Hamroqulov bilan suhbatlashdi.

Tokiodagi Daido avtomobilsozlik shirkatining Osiyo davlatlari bilan hamkorlik aloqalari bo‘yicha menejeri lavozimida ishlayotgan Shoxruh O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikka oid o‘z kuzatuvlarini so‘zlar ekan, ayni paytda Yaponiyada yurgan o‘zbeklar hayoti haqida ham hikoya qilib berdi.

Shohruh Hamroqulovga ko‘ra, Osiyoning boshqa davlatlariga nisbatan o‘zbekistonliklar uchun Yaponiyaga borib ishlash, o‘qish yoki sayyohlik biroz qimmatroq hamda murakkabroq bo‘lgani bois, Tokioda o‘zbeklar biroz kamyob.

Shohruhning o‘zi esa JICA dasturi orqali grant qozonib, Tokiodagi nufuzli The Ritsumeikan Asia Pacific University da o‘qigan va menejerlik kasbini egallagan.

- Mening Yaponiyaga kelganimga besh yil bo‘ldi. Bu davlatga kelib biror ish qilishdan oldin yaponlarni tushunib olish kerak. Bular biroz murakkabroq xalq. Ya‘ni, ular juda o‘ziga xos xalq. Birinchidan, ular orolda yashagani va bu davlatda aholining 80 foizdan oshig‘ini yaponlar tashkil qilgani uchun bo‘lsa kerak.

Ozodlik: O‘zbekiston haqida biladiganlari ko‘pmi, qiziqishadimi O‘zbekistonga?

- Bular orasida O‘zbekistonni biladiganlari juda kam. Biz o‘zimizni tanishtirsak, avval Rossiyani tanishtirib boshlaymiz va keyin O‘zbekistonga o‘tamiz. Yaponlar yana siyosatga uncha qiziqmaydi. Bilasizmi, bu to‘q jamiyat, shuning uchun beg‘amroq. Televizorida ko‘proq ikki xil ko‘rsatuv bo‘ladi – komediyali ko‘rsatuvlar, ya‘ni kulgi va ovqat haqida. Lekin, O‘zbekistonga sayyohlikka boradigan yaponlar ko‘p. Yoshlarida pul kam. Lekin keksalari uzoq yil ishlagan bo‘lsa juda katta pensiya oladi va bu sayohatga bemalol yetadi.

Ozodlik: Pensiyasiga bemalol sayohat qila oladi, deng?

- Bemalol, bemalol, bemalol.

Ozodlik: U yerda yaponlar hayotiga kirishib ketib, xuddi Koreyadagi kabi yaponlarga tekkanlar va uylanganlar ko‘pmi?

- Unchalik ko‘p emas, ammo bor¸ albatta. Lekin yaponga uylangan turklar ko‘proq. Aytamanku, bularni tushunish biroz murakkab. Ular buddizmning yana bir turiga e‘tiqod qiladi-yu, lekin, unchalik chuqur emas. Yoshlarining 90 foizdan oshig‘i o‘zini ateist, deb biladi menimcha. Juda g‘alati ular e‘tiqod masalasida, deydi Shohruh Hamroqulov.

Hozir Tokiodagi Daido avtomobilsozlik shirkatida ishlayotgan o‘zbekistonlik Shohruh Hamroqulov bilan suhbatning to‘liq qismini quyida tinglashingiz mumkin.



******
XS
SM
MD
LG