Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:00

Yunusoboddagi yerni prezident kuyoviga aloqador MChJga bergan hokim qarori bo‘yicha ajrim yana qoldirildi


Prezident Mirziyoyev kuyovi Oybek Tursunov bilan
Prezident Mirziyoyev kuyovi Oybek Tursunov bilan

Chilonzor tuman ma’muriy sudi 14 - dekabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 - yil 31 - dekabrda imzolagan ziddiyatli qarori yuzasidan ajrim chiqarishni yana kechiktirdi.

Yunusobodning Universamida faoliyat olib boradigan 100 ga yaqin tadbirkor hokimning o‘zlariga tegishli yerni Urban Developers MChJga berish haqidagi qarorini bekor qilishni so‘rab birinchi instansiya sudiga murojaat etgan.

Dushanba kungi ochiq sud majlisida tadbirkorlar 2 - dekabr kungi sayyor sud majlisiga kelmagan Chilonzor tuman ma’muriy sudi sudyasi Do‘stmurod Toshevga ishonchsizlik bildirib¸ uning jarayondan chetlatilishini talab qilishdi.

Tuman sudi raisi vazifasini bajaruvchi B. Qayumov bu talabni qondirmagani ortidan Toshev majlisni davom ettirdi va qaror chiqarishni 22 - dekabrga qoldirdi.

Prezident Mirziyoyevga yaqin hokimlardan sanalgan Jahongir Ortiqxo‘jayev qarori bilan 100 ga yaqin tadbirkorning Yunusobod tumanida joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashgan 6 gektarli hudud Urban Developers MChJga berilgan.

Ozodlik surishtiruvi bu MChJning prezident Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovga aloqadorligini ko‘rsatdi.

Sudyaga ishonchsizlik

Toshkentlik tadbirkorlarning Ozodlikka bildirishicha¸ 14 - dekabr kungi sud majlisida arizachilar ishni olib borayotgan sudyaga nisbatan ishonchsizlik bildirilgan hujjatni rasman taqdim qilgan.

Bu ish o‘rtasida sudya almashdi va Toshev tayinlandi. Bu odam jarayonni qator protsessual normalarni buzgan holda olib boryapti. Eng so‘nggisi¸ 2 - dekabrga belgilangan sayyor sud majlisiga kelmagani bo‘ldi. O‘sha kuni 6 gektarlik hududda ishlayotgan ijarachi sudyaga o‘z vaziyatini tushuntirmoqchi edi. Har-xil sababga ko‘ra sudga ariza topshirmagan yuzdan oshiq tadbirkor bor¸ ularning sud’yaga ko‘p savollari bor. Sudya faqat kelmadi emas¸ bu majlisni o‘tkazishdan bo‘yin tovlayapti. Biz bu va boshqa qonunbuzilishlari asosida sudyaga otvod berdik”¸ - deydi yana bir tadbirkor.

Tadbirkorlar xatida sudyaga nisbatan ishonchsizlik bildirishga asos bo‘lgan sabablar sanab o‘tilgan.
Tadbirkorlar xatida sudyaga nisbatan ishonchsizlik bildirishga asos bo‘lgan sabablar sanab o‘tilgan.

Arizachi tadbirkorlarning bunday talabidan so‘ng sud tanaffus e’lon qilgan. Bir soatdan so‘ng¸ Chilonzor tuman ma’muriy sudi sudyasi Qayumov kelib¸ tadbirkorlarning Toshevni ishdan chetlashtirish talabi qondirilmaganini e’lon qilgan.

Shundan so‘ng davom etgan sud jarayoni davomida shikoyatchilar advokati ijarachilarni ham uchinchi tomon sifatida sudga chaqirish so‘ralgan iltimosnoma topshirgan va bu so‘rov qondirilgan.

Universamning o‘zida 100dan oshiq arendator bor. Ular orasida bor-yo‘g‘ini garovga qo‘yib¸ 1¸5 milliard so‘mgacha kredit olganlar bor. 22 - dekabr kuni ularning aksariyati sudga keladi. Sudya qarorini kelasi majlisda e’lon qiladimi-yo‘qmi¸ bilmaymiz. Lekin ishning borishidan bu masalada qaror chiqarishning boshi berk ko‘chaga kirib qolganini sezish mumkin”¸ - deydi dushanba kungi jarayonda qatnashgan toshkentlik tadbirkor.

Sud vs Birinchi kuyov?

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2019 - yil 31 - dekabr kuni poytaxtning Yangi shahar¸ Amir Temir va Ahmad Donish ko‘chalari kesishuvidagi 6 gektarlik gavjum hududni bir oy oldin ro‘yxatga olingan Urban Developers MChJga taqdim etish haqida qaror chiqargan.

Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 - yil 31 - dekabr kungi qarori nusxasi.
Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 - yil 31 - dekabr kungi qarori nusxasi.

Bu MChJning 97 foiz aksiyalari¸ “xorijiy investor” deb taqdim etilayotgan Odoratus Business LLPga qarashli. Britaniyada 100 funt sterling miqdoridagi Ustav fondi bilan rasmiylashtirilgan bu kompaniya esa¸ Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlarning ko‘rsatishicha¸ qator qobiq kompaniyalar orqali Shavkat Mirziyoevning katta kuyovi Oybek Tursunovga borib taqaladi.

Londondagi Osiyo va Afrika tadqiqotlari instituti sharhlovchisi Alisher Ilhomov¸ toshkentlik tadbirkorlarning prezident kuyoviga aloqador kompaniya bilan tortishuvining sudda qanday yechim topishi Mirziyoyev va’da qilib kelayotgan “sud islohotlari¸ adolat ustivorligi”ning amaldagi vaziyatini ko‘rsatishini aytadi.

Jamoatchilikning bu voqeaga nisbatan keskin reaksiyasi hokimiyatdagilarni boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘ydi. Sud ijroiya hokimiyatining oyog‘i ostida bo‘lgani bois¸ Ortiqxo‘jayevning yerni tortib olish haqidagi noqonuniy qarorini ma’qullamaslikka borolmaydi. Ayni sababga ko‘ra¸ uni bekor qilishga ham jur’at topolmaydi. Sud hokim qarorini kuchda qoldirsa¸ ijtimoiy portlash yuzaga chiqishidan qo‘rqib¸ tepadagilar qaror chiqarishni cho‘zayotganga o‘xshaydi".

Sud qaror chiqarishni birinchi marta kechiktirgan 2 - dekabr kuni yozgan sharhida Ilhomov¸ o‘zbekistonlik tadbirkorlarning o‘z qonuniy haq-huquqini himoya qilishi uchun mavjud xalqaro mexanizmlarni ham tilga olib o‘tgan edi.

$11.5 млнлик "совға"- Ортиқхўжаев 100га яқин тадбиркор ерини президент куëвига алоқадор ширкатга текинга берган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:39 0:00

Yunusobodda o‘nlab yildan beri savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar¸ hokim qarorining noqonuniy ekani va uni bekor qilish uchun qonunchilikda mavjud barcha mexanizmni ishga solajagini aytmoqda.

O‘zbekiston Oliy sudigacha boramiz. U ham hokim qarorini kuchda qoldirsa¸ O‘zbekistonda adolatli va mustaqil sud tizimi yo‘qligi ustidan xalqaro tashkilotlarga ariza beramiz”¸- deydi tadbirkorlardan biri.

Urban Developers MChJ prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov bilan aloqalarni rad etmoqda. 2 - dekabr kuni Urban Developers MChJ rahbari va O‘zbekiston reestridagi ma’lumotga ko‘ra, shirkatning yagona xodimi bo‘lgan Ansor Naberayev Ozodlikka "O.Tursunovning kompaniyaga hech qanday aloqasi yo‘qligi"ni aytdi.

Ammo u o‘z iddaosini tasdiqlovchi yoki Ozodlik surishtiruvida keltirilgan hujjatlarni inkor qiluvchi biron-bir dalil taqdim etgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG