Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:38

Yusuf Juma pushaymonlik xati yozganidan so‘ng ozod etilgan


Yusuf Jumaning oilasi 2009 yil 12 maydagi piketda.
Yusuf Jumaning oilasi 2009 yil 12 maydagi piketda.
Xyuman Rayts Uotch tashkiloti Yusuf Juma yuzasidan tarqatgan bayonotida mana shunday ma‘lumot beradi.

Xyuman Rayts Uotch xalqaro inson huquqlari tashkiloti o‘zbekistonlik dissident shoir Yusuf Juma ozod etilganini olqishladi, lekin unga chiqarilgan hukm bekor qilinmaganidan taasufda ekanini bildirdi.

Tashkilotga ko‘ra, hukumat ayni paytda o‘z ashaddiy tanqidchilarini yakson etishdan tiyilgani yo‘q. Hozirda Solijon Abdurahmonov, A‘zam Formonov, Nozim Isakov, G‘aybullo Jalilov, Alisher Karamatov, Jamshid Karimov, Norboy Xoljigitov kabi qator inson huquqlari faollari qamoqda qolmoqda.

Xyuman Rayts Uotch ularning salomatliklariga jiddiy putur yetgani, qamoqxonada qiynoqlarga tutilayotganini ham ta‘kidladi.

"Biz qamoqxonalarda qolayotgan boshqa fuqaroviy jamiyat va hamda huquq faollari taqdiridan chuqur xavotirdamiz va ularni shartsiz ozod etishga chaqiramiz," deb ta‘kidlagan HRU tadqiqotchisi Stiv Svyerdlov.

Xyuman rayts Uotchga ko‘ra, Yusuf Juma O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga yo‘llagan pushaymonlik xati ortidan 19 may kuni qo‘yib yuborilgan.

Yusuf Juma 2007 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida Islom Karimovning iste‘fosini talab qilishi ortidan o‘g‘li bilan birga hibsga olingan va besh yilga ozodlikdan maxrum qilingan edi.
XS
SM
MD
LG