Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 13:35

Zangiotadagi yong‘inni o‘chirish uchun 4,5 soat sarflandi – FVV


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish sexida 10-sentyabr kuni sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf qilish uchun o‘t o‘chiruvchilar taqriban 4,5 soat vaqt sarf etishgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Erkin”dagi yong‘inga oid xabar Toshkent viloyati FVBga seshanba kuni soat 14:15 da kelib tushgan, yong‘in o‘chirish ekipajlari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishgan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat 17:00 da qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirildi”, deyilgan FVV xabarnomasida “yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan”i urg‘ulangan.

Yong‘inni bartaraf etish jarayoni shaxsan “favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. X. Qo‘ldoshev nazoratida” amalga oshirilgani ta’kidlagan xabarnomada “ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanayotgani” qo‘shimcha qilingan.

XS
SM
MD
LG