Ukrainaning harbiylar va fuqaroviy shaxslardan iborat 49 nafar fuqarosi Rossiyadagi asirlikdan qutulib, vatanlariga qaytishganyu Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Asirlikdan qutulgan ukrainaliklar fotosuratini ham yoyinlagan Zelenskiy ularning asir almashuvi natijasida ozod bo‘lganmi yoki boshqa sabab bilanmi – bunga aniqlik kiritmagan, biroq uning so‘zlaridan ular asir almashish yo‘li bilan ozod bo‘lgani anglashiladi – prezident frontda rossiyaliklarni asir tushirayotgan va shu tariqa “almashish fondi”ni to‘ldirayotgan ukrainalik harbiylarga minnatdorlik bildirgan.
Rossiya tomoni muhtamal asir almashuvi haqida hozircha ma’lumot bergani yo‘q.
Ayni paytda harbiy bloger almashuv “49 ga 49” sxemasi bo‘yicha amalga oshirilgani, ozod etilgan rossiyalik harbiylar orasida esa Kursk viloyatida asir tushgan muddatli harbiy xizmat o‘tovchi askarlar borligini iddao qilmoqda.
Ozod bo‘lgan asirlar orasida Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari, Milliy gvardiya, politsiya va chegara qo‘shinlari xodimlari bor.
Zelenskiy ozod etilganlar orasida 2022-yil dekabrida kasal otasini ko‘rish uchun Kiyevdan Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga borishga uringan paytda hibsga olinib, josuslikda ayblangan qrim tatar millatiga mansub Leniye Umerova ham borligini qayd etgan. u 2022-yil oxiridan buyon hibsda tutib turilgan, avvaliga u xorijiy fuqarolar uchun markazda, 2023-yil mayidan buyon esa tergov hibsxonasida ushlab turilgan.
Zelenskiyga ko‘ra, ozod bo‘lgan ukrainaliklar ichida “Azovstal” zavodi mudofaasida ishtirok etganlar hamda Ukraina qahramoni, harbiy medik Viktor Ivchuk ham bor.