Google қидирув тизими Ўзбекча Википедияга HTTPS (HyperText Transfer Protocol Secure) протоколи бўйича ишорат бера бошлагани учун унга тўғридан-тўғри ўтиш имконияти пайдо бўлди. Масалан, Googleга кириб “Toshkent” сўзини терсангиз, тизим энг биринчи натижа сифатида Ўзбекча Википедиянинг мақоласини кўрсатади.
Бу галги меҳмонимиз - фарғоналик 22 яшар Wiki-муҳаррир Россияда, Самара давлат университетида ўқийди. У қирғизистонлик ва тожикистонлик википедиячи дўстларидан фарқли ўлароқ ва мутлақ кўпчилик ўзбекистонликлар сингари исм-фамилиясини айтмасликни афзал кўрди.
Google-qidiruv (google.com) orqali oʻzingizga kerakli narsani axtarganingizda, aksar hollarda Vikipediyadagi maqolaga havolani birinchi natijalarning ichidan topish mumkin. Oʻsha havolaga bossangiz, ochiq ensiklopediya sahifasiga oʻtasiz.
Qoʻshimcha: Vikipediyaning bosh sahifasiga oʻtish uchun google-qidiruv oynasiga “Vikipediya” yoki “uz wiki” jumlalarini kiriting.
Skrinshot 2:
Maqolani oʻqib chiqib, unda biror-bir xatolik borligini koʻrsangiz yoki uni qisqa ekan, yana maʼlumot qoʻshish kerak degan fikrga kelsangiz, qoʻrqmasdan oʻsha xatolikni toʻgʻrilashga yoki maqolani toʻldirishga kirishishingiz mumkin.
Qanday qilib?
Har bir Vikipediya sahifasinig tepa qismida (oʻngroqda) “Tahrirlash” tugmasi mavjud boʻlib, unga bossangiz maqolaga oʻzgartirishlar kiritish imkonini beruvchi sahifa ochiladi.
Skrinshot 3:
Ochilgan sahifada “tahrir oynasi”ga eʼtibor qarating. U yerda soʻzlardan tashqari baʼzi-bir tushunarsiz belgilar, maxsus kodlar yozilgan boʻlishi mumkin. Ulardan ham qoʻrqishga hojat yoʻq. Gap shundaki Vikipediyada biror buzib qoʻyilgan narsani osongina tiklash imkoni bor. Xato qilsangiz boshqa foydalanuvchilar uni darrov sezib toʻgʻrilab qoʻyishadi. Siz oʻzingiz oʻnglamoqchi boʻlgan joyni topib, oʻzgartirish kiritavering.
Skrinshot 4:
Maʼlumotlarni kiritib boʻlganingizdan soʻng, oynani pastki qismida “Qisqa tavsif” boʻlimini koʻrishingiz mumkin. U yerda kiritgan oʻzgarishlaringiz haqida qisqa aytib oʻtishingiz mumkin (majburiy emas).
Vanihoyat, tahrir oynasini eng past qismida 3 ta tugma joylashgan. Birinchi boʻlib “Koʻrib chiqish” tugmasini bosib koʻrish tavsiya qilinadi. Bu kiritgan oʻzgarishlaringizni tekshirib koʻrish imkonini beradi. Tekshirib boʻlgach, albatta “Saqla” tugmasiga bosing. Boʻldi, maqola yangilandi.
Hisob yaratish.
Skrinshotlar 5 va 6:
Koʻp hollarda Vikipediya maqolalarini registratsiyadan oʻtmay ham tahrir qilish mumkin. Lekin muntazam tahrir qilib turish niyati tugʻilsa, hisob yaratib olishingiz mumkin. Bu sizga tahrirlaringizni kuzatib borish imkonini beradi. Hisob yaratish koʻp vaqt olmaydi. Majburiy punktlar 3 ta: “Foydalanuvchi nomi” (oʻz ismingizni yoki taxallusingizni kiritishingiz mumkin), “Maxfiy soʻz” (parol) va “Xavfsizlik tekshiruvi”, lekin pochta manzili parolingizni unutib qoʻysangiz zarur boʻladi.