Sobiq DXX raisi işi: Abdusalom Azizov hibsga olindi

Abdusalom Azizov DXXni 5 yildan köproq boşqargan.

Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov 21- noyabr kuni tunda maxsus kuçlar tomonidan hibsga olindi. U uç oydan ziyod vaqt davomida uy qamoğida saqlanayotgan edi.

Xavfsizlik sababli ismi oşkor etilmasligi şarti bilan bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan manbalardan birining aytişiça, u qurollangan maxsus guruh Azizovni uyidan qöliga kişan taqib, boşiga qop kiygizgan holda olib ketilganini körgan.

Azizovga nisbatan jinoyat işi avgust oyining örtalarida oçilgani haqida xabar berilgandi. Boş prokuratura Ozodlikning jinoyat işi haqidagi söroviga javob bermagan.

Manbalar Azizov hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, özlaştiriş va korrupsiya bilan boğliq bir neçta jinoiy epizod böyiça gumon qilinayotganini bildirgan.

Bu 66 yoşli sobiq DXX raisi Abdusalom Azizovning uç oydan ziyod vaqt içida ikkinçi bor hibsga olinişidir.

Xabarlarga köra, Azizov dastlab avgust oyining örtalarida qölga olingan va hibsda ikki-uç kun saqlangan. Şundan söng Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudi unga nisbatan uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş haqida ajrim çiqargan. Azizov şu tariqa uy qamoğiga ötkazilgan edi.

Azizovning qayta hibsga olinişi sabablari Ozodlikka ma’lum emas. Rasmiy idoralar bu haqda hozirgaça biror bayonot bermagan.

Hibs tafsilotlaridan xabardor huquq-tartibot idoralaridan biridagi manbaning Ozodlikka aytişiça, Azizov 21- noyabrdan 22- noyabrga ötar keçasi qölga olingan. Uni hibsga oliş tadbirida maxsus kuçlarning öndan ziyod qurollangan xodimi iştirok etgan.

Azizovning qayta hibsga olingani haqida öz manbalariga tayanib xabar bergan «Eltuzar» naşri uning harbiy unvonidan, davlat tomonidan berilgan uy-joyidan va imtiyozlaridan mahrum etilgani haqida ham iddao qildi.

Azizovga nisbatan avgust oyida oçilgan jinoyat işini Boş prokuraturaning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tergov qilmoqda.

Bir-biridan mustaqil manbalar ma’lumotiga köra, Azizov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş), 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 301-moddasi (hokimiyatni suiiste’mol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi)da nazarda tutilgan jinoyatlarda gumonlanmoqda.

Manbalarning ta’kidlaşiça, jinoyat işi doirasida bir-biriga bevosita boğliq bölmagan bir neçta epizod tergov qilinmoqda.

Мавзуга алоқадор

ДХХ собиқ раиси Абдусалом Азизов нимада гумонланмоқда?

Manbalar jinoiy iş doirasida DXX jamğarma fondi mablağlarining talon-toroj qilinişi va Toşkentdagi yer uçastkalarining sotilişi bilan boğliq epizodlar ham tergov qilinayotganini aytgan.

Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmatiga beş yildan köproq rahbarlik qilgan Abdusalom Azizov 2024- yil noyabrida lavozimidan olinganidan söng Prezident administratsiyasida işlayotgan edi.

66 yaşar Abdusalom Abdumavlonoviç Azizov Özbekiston Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar, din va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan qaçon ozod etilgani noma’lum.

«Mendagi ma’lumotlarga köra, Azizov Prezident administratsiyasiga daxlsizlik maqomi berilganidan 1–2 kun avval işdan olingan. Prezidentimiz 14- avgust kuni Administratsiyaga immunitet beradigan qonunni imzolagan edi. Demak, Azizov 12 yoki 13- avgustda işdan olingan. Işdan olingan kuniyoq uni hibsga olişgan. Keyin unga 15 yoki 16 -avgust kuni sud uni pod zalog uy qamoğiga çiqariş uçun sanksiya bergan», deydi huquq-tartibot idoralaridagi manba.

Ozodlik Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şarofiddinovga 1- oktyabr va 24- noyabr kunlari Telegram orqali murojaat qilib, Azizovga nisbatan tergov, jinoyat işi doirasidagi epizodlar, unga qöllangan ehtiyot çorasi hamda 21- noyabr tunda qayta hibsga olingani yuzasidan rasmiy izoh söradi. Biroq video efirga ketguniga qadar Boş prokuraturadan javob olmadik.

Asli toşkentlik Abdusalom Azizov karyerasini içki işlar tizimida boşlagan.

U 1980-yillardan boşlab qariyb 20 yil davomida içki işlar tizimida turli lavozimlarda işlab, Toşkent şahar IIBB boşliği lavozimigaça kötarilgan.

2002–2006- yillarda «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga, 2006–2008- yillarda esa «Özneftmahsulot» aksiyadorlik jamiyatiga rahbarlik qilgan. Keyinçalik içki işlar tizimiga qaytgan.

Şavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelganidan söng, 2017- yil yanvarda Azizov içki işlar vaziri etib tayinlangan. Şu yil sentyabrda esa Mudofaa vaziri lavozimiga ötkazilgan.

2019- yil 11- fevraldan 2024- yil 23- noyabrgaça Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi bölib işladi.

Azizovning DXX raisi lavozimidan çetlatilişi 2024- yil 27- oktyabrdagi parlament va mahalliy kengaşlar saylovi oldidan xavfsizlikni ta’minlaşdagi kamçiliklar bilan boğliq bölgan, degan qaraş mavjud. Bunga saylovdan bir kun oldin — 2024- yil 26- oktyabrda Komil Allamjonovga suiqasd qilingani asos qilib keltiriladi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Алламжоновга суиқасд: ДХХ раиси ишдан олинди, “терговга тўсқинликлар”

Ammo öşanda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov Azizovning Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibiyati ixtiyoriga ötkazilganini ma’lum qiliş bilan çeklangan.

2024- yil 4- dekabr kuni Azizov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisining yoşlar masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangani rasman e’lon qilindi.

Öşa paytda uşbu yönaliş böyiça Prezident maslahatçisi etib sobiq adliya vaziri Ruslanbek Davletov tayinlangan edi. Azizov uning örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2025- yil iyulida Prezident administratsiyasidagi özgarişlardan keyin ham Azizov administratsiyada işlaşda davom etdi. U Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, din va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisining örinbosari lavozimiga ötkazilgan.

Abdusalom Azizov nomi Ozodlikning Toşkentdagi norasmiy "Ofis" tuzilmasi haqidagi suriştiruvlarida ham tilga olingan.

Мавзуга алоқадор

90 миллион долларлик "Корея схемаси": тўрт собиқ ДХХ ходими 15–16 йилга қамалди

Öşa suriştiruvda «Ofis» tuzilmasiga aloqadorlikda gumonlangan DXX xodimlaridan kamida tört nafari keyinçalik boşqa jinoiy iş doirasida uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Joriy yilning 17- sentyabr kuni Bektemir tuman sudi DXXning Öz xavfsizligi boşqarmasi sobiq boşliği Alijon Aşurovni 16 yilga, uning sobiq örinbosari Timur Şariksiyev va boşqarmaning sobiq xodimi Gançar Uzaqovni 15 yilu 6 oyga, sobiq DXX xodimi Suxrob Sayfutdinovni esa 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sudlangan bu tört nafar sobiq DXX xodimi Özbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga işga jönatiş bilan boğliq, millionlab dollarlik korrupsiya işi böyiça hukm qilingan.

Kuni keça Jinoyat kodeksining 301-moddasi böyiça yana bir generalga nisbatan sud hukmi çiqarildi.

Kun.uz naşrining 21- noyabrdagi xabariga köra, Özbekiston Elektron texnologiyalarni rivojlantiriş markazi rahbari, general-mayor Omonilloxon Hojiakbarov harbiy sud tomonidan davlat sirlarini oşkor qiliş va hokimiyat vakolati doirasidan çetga çiqişda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 162-moddasi 1-qismi va 301-moddasi 3-qismi «a» bandi böyiça aybdor deb topgan.

Abdusalom Azizov jinoiy iş doirasida tergovga tortilgan ikkinçi DXX raisi hisoblanadi.

Undan avval DXXga rahbarlik qilgan Ixtiyor Abdullayev 2019- yilda hibsga olinib, bir qator jinoyatlarda, jumladan, Özbekiston manfaatlariga xilof ravişda bitimlar tuziş, pora oliş, tovlamaçilik va talon-toroj qilişda aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Мавзуга алоқадор

Собиқ Бош прокурор Отабек Муродов ва ДХХ собиқ раиси Ихтиëр Абдуллаев устидан ҳукм ўқилди

Özbekiston maxsus xizmatlarini eng uzoq vaqt — qariyb 23 yil davomida boşqargan general Rustam Inoyatov esa 2018 -yil yanvarda MXX raisi lavozimidan ozod etilgan.