27-noyabr kuni Özbekiston Harbiy sudi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning bir guruh sobiq mulozimlariga nisbatan hukm çiqardi. Hukm tafsilotlaridan xabardor huquq-tartibot idoralaridagi manbaning Ozodlikka ma’lum qilişiça, DXX raisining sobiq örinbosari, general Ğayratilla Yoziyev 15 yilga, DXXning Öz xavfsizligi boşqarmasi sobiq boşliği, polkovnik Alijon Aşurov esa 17 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Şuningdek, yana bir guruh DXX mulozimlariga 15 yildan 17 yilgaça qamoq jazosi tayinlangan.
Ozodlik 6-noyabr kuni general Ğayratilla Yoziyev va u bilan birga jami 11 nafar şaxs ustidan sud jarayoni Harbiy sudda boşlangani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga aloqador
DXX generali Ğayratilla Yoziyev işi sudga oşirildiUç hafta davom etgan sud jarayoni 27-noyabr kuni yakunlanib, sudlanuvçilarga nisbatan hukm e’lon qilindi.
Hukm tafsilotlaridan xabardor huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasining ma’lum qilişiça, Ğayratilla Yoziyev Özbekiston Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan:
- 165-modda, 3-qism, «a» bandi — juda köp miqdorda tovlamaçilik;
- 165-modda, 3-qism, «v» bandi — uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan tovlamaçilik;
- 234-modda, 1-qism — qonunga xilof ravişda uşlab turiş;
- 301-modda, 1-qism — hokimiyatni suiiste’mol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi.
Manbaga köra, muqaddam sudlangan Alijon Aşurov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik), 236-moddasi 2-qismi (tergov qilişga yoki sud işlarini hal etişga aralaşiş), şuningdek, 210-moddasi 3-qismining «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan pora oliş) bilan aybdor deb topilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
«Alibobo» laqabi bilan tanilgan polkovnik Alijon Aşurov joriy yilning 17-sentyabr kuni boşqa sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça aybdor deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Mavzuga aloqador
90 миллион долларлик "Корея схемаси": тўрт собиқ ДХХ ходими 15–16 йилга қамалдиBektemir tuman sudi Aşurovning sobiq örinbosari Timur Şariksiyev va boşqarmaning sobiq xodimi Gançar Uzaqovni 15 yilu 6 oydan, sobiq DXX xodimi Suxrob Sayfutdinovni esa 15 yilga qamagan edi.
27-noyabr kuni Harbiy sud çiqargan hukmda Alijon Aşurov bilan birga aynan şu uç nafar sobiq DXX xodimiga nisbatan ham yana ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.
Timur Şariksiyev va Gançar Uzaqov Jinoyat kodeksining tovlamaçilik, pora oliş hamda tergov qilişga yoki sud işlarini hal etişga aralaşiş moddalari bilan aybdor deb topilib, 16 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Suhrob Sayfutdinov esa pora oliş, qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş, şuningdek, hokimiyatni suiiste’mol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi jinoyatlarini sodir etişda aybdor deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Oçiq manbalardagi ma’lumotlarga köra, DXX xodimi Suxrob Sayfutdinov 2022 yilda Migratsiya agentligi direktorining birinçi örinbosari etib tayinlangan.
DXX xodimi Muzaffar Nurbayev DXXçilarning Janubiy Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq işi böyiça dastlabki sud jarayonida xorijga qoçib ketgani va Turkiyadan uşlab kelingani iddao qilingan edi.
Harbiy sud hukmiga köra, Nurbayev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» va «v» bandlari (tovlamaçilik), 167-moddasi 3-qismi «a» va «v» bandlari (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 210-moddasi 3-qismi «a» va «b» bandlari (pora oliş), 223-moddasi 2-qismi «v» va «g» bandlari (Özbekistondan çiqiş yoki Özbekistonga kiriş tartibini buziş), 28-modda va 228-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandlari (jinoyatda iştirokçilik va hujjatlarni qalbakilaştiriş), 235-moddasi 2-qismi (qiynoqqa soliş), şuningdek, 236-moddasi 2-qismi (tergov yoki sud işlariga aralaşiş) böyiça aybdor deb topilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Migratsiya agentligining sobiq xodimi Behzod Boysariyev bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravari miqdorida jarimaga tortilgan.
Behzod Boysariyev avval ham Janubiy Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq jinoyat işi böyiça sudlangan. Ozodlikning 2026 yil 4 sentyabrda e’lon qilingan maqolasida qayd etilişiça, Migratsiya agentligining sobiq xodimi Boysariyev va Sayfitdin Rizayev Namanganda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) böyiça aybdor deb topilgan. Sud hukmida jabrlanuvçilarga yetkazilgan 7 milliard 80 million söm moddiy zarar töliq qoplangani qayd etilgani bois, ularga qamoq jazosi tayinlanmagan.
Mavzuga aloqador
Миграция агентлиги раҳбари Мусаев нега ишдан олинди?27-noyabr kungi Harbiy sud hukmiga köra, N. Urakovga uç yil ozodlikni çeklaş, O. Valiyevga uç yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. J. Şokirov esa bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravari miqdorida jarima tölaşga hukm qilingan.
Ozodlikda N. Urakov, O. Valiyev va J. Şokirovning şaxsi va faoliyatiga oid qöşimça ma’lumotlar mavjud emas.
27-noyabr kuni Ğayratilla Yoziyev va yana ön nafar şaxsga nisbatan hukm e’lon qilingani haqida jurnalist Ismat Huşev hamda «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov ham xabar berişdi.
Huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga köra, mazkur jinoyat işining asosiy figuranti ekani aytilgan Ğayratulla Yoziyev joriy yil bahorida hibsga olingan.
Yoziyev 2023-yil 1-noyabrda Özbekiston prezidentining kadrlar siyosati masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan. Bundan avval u DXX raisining örinbosari bölib işlagan.
2024-yil noyabrida Yoziyev DXXga qaytib, xizmatning Öz xavfsizligi boşqarmasi boşliği etib tayinlangan. U bu lavozimda 2026-yil martigaça işlagan.
Öşanda Ozodlikning hukumat va huquq-tartibot idoralaridagi manbalari general Yoziyev lavozimidan xizmat faoliyatida yöl qöygan jiddiy xatolari va ayrim tergovlarga tösqinlik qilgani sababli olinganini aytgan edi.
Lavozimidan ketgaç, Yoziyev Buxorodagi DXXga qaraşli öquv muassasalaridan biriga işga ötkazilgan.
Yoziyevning DXXdagi sönggi lavozimi xizmat tizimidagi eng yuqori rahbarlik lavozimlaridan biri sanaladi.
Uşbu lavozimda Yoziyevdan avval Ozodlik suriştiruvlarida tilga olingan, «Alibobo» laqabi bilan tanilgan polkovnik Alijon Aşurov işlagan.
Aşurov xalq orasida «Ofis» deb nomlangan noqonuniy tuzilmaga aloqador bölgani haqida ham iddaolar bildirilgan.
Ozodlik avvalroq Alijon Aşurov va Ğayratilla Yoziyev birga işlagani, har ikkisi Qaşqadaryo viloyatidan ekani haqida manbalar ma’lumotini keltirgan edi.
Ozodlik manbalariga köra, Aşurov lavozimidan olinganidan keyin ham DXX tizimidagi ta’sirini saqlab qolgan. Ayrim manbalar uning bu ta’siri general Ğayratilla Yoziyevning qöllab-quvvatlaşi orqali davom etganini iddao qiladi.
Jumladan, Aşurovning nomi Ozodlikning «Ofis qurboni işi» nomli videosida ham tilga olingan.
Vatanga xiyonatda ayblanib, qamoqqa hukm qilingan Ekologiya vazirligining sobiq mulozimi Nozimjon Abdullayev polkovnik Alijon Aşurov lavozimidan olinganidan ikki oy ötgaç, tergov izolatorida öziga nisbatan qiynoqlar qöllanganini iddao qilgan edi.
Ozodlik Ğayratulla Yoziyev va yana 10 nafar şaxsga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi, ularga qöyilgan ayblovlar hamda sud jarayoni tafsilotlari yuzasidan qariyb bir oy avval Özbekiston Harbiy sudiga savollar yuborgan. Biroq hozirga qadar suddan javob olinmadi. Harbiy sud 27 noyabr kuni çiqarilgan hukm haqida ham hozirça rasmiy ma’lumot e’lon qilmagan.
Bi r hafta avval Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov tunda maxsus kuçlar tomonidan hibsga olindi. U uç oydan ziyod vaqt davomida uy qamoğida saqlanayotgan edi.
Mavzuga aloqador
Sobiq DXX raisi işi: Abdusalom Azizov hibsga olindiXafvsizlik sababli ismi oşkor etilmasligi şarti bilan bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan manbalardan birining aytişiça, u qurollangan maxsus guruh Azizovni uyidan qöliga kişan taqib, boşiga qop kiygizgan holda olib ketilganini körgan.
Azizovga nisbatan jinoyat işi avgust oyining örtalarida oçilgani haqida xabar berilgandi. Boş prokuratura Ozodlikning jinoyat işi haqidagi söroviga javob bermagan.
Manbalar Azizov hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, özlaştiriş va korrupsiya bilan boğliq bir neçta jinoiy epizod böyiça gumon qilinayotganini bildirgan.