AQSH Davlat kotibi USAID'ni ham vaqtincha boshqarib turadi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio

Davlat kotibi Marko Rubio vaqtincha muddatga AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “Amerika ovozi”ning rus xizmati xabar qildi.

Davlat departamenti tomonidan 3-fevral kuni tarqatilgan bayonotda jumladan: “USAID o‘zining asliy missiyasi – Amerika manfaatlarini xorijda mas’uliyati bilan ilgari surishdan allaqachon chetlab ketgan va endilikda USAID moliyasining katta qismi AQSHning asosiy milliy manfaatlarga mos kelmayotgani ochiq-oydin ko‘rinib qoldi”, deyilgan.

San-Salvadorda safarda yurgan Davlat kotibi Marko Rubio agentlikni “mutlaqo samarasi” deb atab, uning xodimlarini dasturlar to‘g‘risidagi “oddiy savollarga javob berishni istamayotganlik”da ayblagan. Ilon Mask dushanba kuni USAID'ni “tiklab bo‘lmasligi” va Tramp agentlikni yopishga rozi bo‘lganini bildirgan.

So‘nggi haftada agentlikning o‘nlab xodimi ta’tilga yo‘llangan. O‘tgan hordiq kunlari xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimli ikki xodimi Hukumat samaradorligi departamenti xodimlariga maxfiylashtirilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishgani uchun ishdan chetlatilgan.

Mazkur departamenti tuzilishi haqida Donald Tramp 2024-yil noyabrida prezident saylovidagi g‘alabasidan keyin e’lon qilgan edi. Departamentga tadbirkor Ilon Mask rahbar etib tayinlangan.