Markaziy Osiyo hukumatlari sunʼiy intellekt böyiça global poygaga yirik loyihalar bilan qöşilmoqda.
NVIDIA Qozoğistondagi Data Center Valley loyihasi uçun AQŞning Firebird infratuzilma kompaniyasi va Kazakhtelecom bilan hamkorlik qilmoqda. Loyiha Markaziy Osiyodagi eng yirik sunʼiy intellekt infratuzilmasi loyihasi sifatida taqdim etilmoqda.
Özbekiston ham "Raqamli Özbekiston — 2030" strategiyasi doirasida maʼlumot markazlariga sarmoya jalb qilmoqda. Belgilangan talablarga javob beradigan loyihalar uçun 2040-yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari közda tutilgan. Tojikiston esa oktabr oyida NVIDIA kompaniyasining Global AI Nations dasturi kömagida sunʼiy intellekt böyiça mintaqaviy innovatsiya markazini taşkil etiş rejasini eʼlon qildi.
Maʼlumot markazlari klaud (bulut) xizmatlarini körsatiş hamda sunʼiy intellekt modellarini öqitiş va işlatiş uçun zarur hisoblaş quvvatini taʼminlaydi. Bunday xizmatlar foydalanuvçilarga maʼlumotlarni masofadagi serverlarda saqlaş va dasturlarni internet orqali işlatiş imkonini beradi.
Yangi markazlar mahalliy kompaniyalarga köproq hisoblaş quvvatidan foydalaniş imkonini berişi mumkin. Bu quvvatni xorijiy mijozlarga sotiş esa mintaqa uçun yangi eksport yönalişiga aylanişi mumkin. Loyihalarning foyda keltirişi haq tölaydigan mijozlarni topiş va ularga raqobatbardoş narxda işonçli xizmat körsatişga boğliq.
Tanqidçilar ayrim loyihalar qanday moliyalaştirilishi noaniq ekanini aytmoqda. Ular elektr taqçilligi kuzatilayotgan mamlakatlarda kömirda işlaydigan elektr stansiyalariga tayaniş xavfiga ham eʼtibor qaratmoqda. Korrupsiya uzoq yillardan beri muammo bölib kelayotgan mintaqada loyiha şartlari yetarliça oçiq emasligi ham tanqid qilinmoqda.
Data Center Valley
Data Center Valley loyihasining dastlabki bosqiçi qiymati 10 milliard dollar deb eʼlon qilingan. Taşabbuskorlarning aytişiça, loyiha Qozoğistonni sunʼiy intellekt uçun hisoblaş quvvatining yirik eksportçisiga aylantiradi. Oktabrda Ostonaga taşrif buyurgan NVIDIA kompaniyasining öşa paytdagi boş direktori Jensen Huang serverlar va boşqa uskunalar uçun möljallangan elektr quvvati dastlabki kengaytiriş bosqiçida 1 gigavattga (GVt), uzoq muddatda esa 5 GVtgaça yetişi mumkinligini aytdi.
Huang Qozoğiston boş vaziri örinbosari, sunʼiy intellekt va raqamli rivojlaniş vaziri Jaslan Madiyev bilan televideniyeda namoyiş etilgan suhbatda mamlakat jahon sunʼiy intellekt sanoatida muhim örin egallaş uçun qulay şaroitga ega ekanini aytdi.
"Dunyoning qolgan qismi bu sohaga qanday giriş va sunʼiy intellektga asoslangan iqtisodiyotni qanday quriş haqida öylayotgan bir paytda, siz Qozoğistonda bu işni allaqaçon boşlagansiz", dedi Huang. "Qozoğistonning katta ustunligi bor. Sizda tabiiy resurslar ham, energiya ham möl. Kelajakda energiyaning özini eksport qiliş bilan çeklanmay, uni intellektga aylantirib, intellektni eksport qilişingiz mumkin."
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Russia's Propaganda Machine Deploys Pro-War AI Songs
Nyu-Yorkda sunʼiy yöldoş maʼlumotlarini tahlil qiliş bilan şuğullanuvçi GeoBox kompaniyasi rahbari Marat Beksultanov Data Center Valley loyihasining moliyalaştirilishi yuzasidan savollar borligini aytdi. GeoBox Markaziy Osiyoda suv resurslarini boşqariş va dehqonçilikda sunʼiy yöldoş maʼlumotlaridan foydalanişga ixtisoslaşgan.
"Eng katta xatar şundaki, loyihani asosan Qozoğiston hukumati moliyalaştiryapti. Xususiy sarmoya bölsa ham, juda oz. Hali heç kim bu markaz xizmatlaridan foydalaniş majburiyatini olmagan, lekin loyiha uçun mablağ ajratilyapti. Yana bir masala şu: oxir-oqibat bu xizmatni kim sotib olişi haqida juda kam narsa bilamiz", dedi Beksultanov.
Huang Qozoğiston öz energiya resurslari hisobiga işlaydigan hisoblaş quvvatini Yevropa bozorlariga sotişi mumkinligini aytdi. Data Center Valley loyihasi kömir yoqilğisida işlaydigan Ekibastuz GRES-1 elektr stansiyasi yaqinida joylaşgan.
Beksultanovning fikriça, bu Yevropa bozoriga çiqişni qiyinlaştirişi mumkin.
"Yevropa kompaniyalari ifloslantiruvçi energiya manbalariga tayanadigan xizmatlarni sotib olişga eng kam moyil mijozlar sirasiga kiradi. Ularning köpi sotib oladigan xizmatlari, jumladan, klaud (bulut) xizmatlarining uglerod izi haqida hisobot berişi kerak. Ekibastuz kömiridan olinadigan elektrda işlaydigan maʼlumotlar markazi bu izni kattalaştiradi. Yevropaga xizmat sotiş uçun loyihaga toza energiya kerak, hozir esa unda bunday manba yöq", dedi GeoBox rahbari.
Qozoğiston yirik maʼlumotlar markazlarini işlatiş uçun yetarli elektr energiyasi işlab çiqara oladimi, bu ham oçiq savol.
"Bugun Qozoğiston öz ehtiyojini qoplaş uçun yetarli elektr işlab çiqarmayapti. 2025-yilda mamlakat 123,1 milliard kilovatt-soat elektr işlab chiqardi, isteʼmol esa 124,6 milliard kilovatt-soatni taşkil etdi. Farq Rossiyadan import hisobiga qoplandi", dedi Beksultanov.
Qozoğiston hukumati Data Center Valley’ga 20 yil davomida elektr energiyasini qatʼiy belgilangan arzon tarifda yetkazib berişni vaʼda qilgan. Mahalliy korxonalar esa elektr uçun ança köp tölaydi. Loyiha tanqidçilarining aytişiça, yirik yangi isteʼmolçi tarmoqqa tuşadigan yukni oşirişi va mamlakat böylab elektr uzilişlari xavfini kuçaytirişi mumkin.
Loyiha şartlarining oçiqligi ham savol ostida. Qozoğiston Transparency International taşkilotining 2025-yilgi Korrupsiyani idrok etiş indeksida 182 davlat orasida 96-örinni egallagan.
"Xarajatni kim qoplaşini körsatadigan hujjatlar jamoatçilikka oçiq emas. Bular elektr taʼminoti şartnomasi, Firebird bilan ijara şartnomasi va elektr tarifidagi çegirma qaysi manba hisobidan qoplanişiga oid hujjatlar. Ularning birortasi eʼlon qilinmagan", dedi Beksultanov.
"Bu şunçaki piar"
Sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça mintaqaning boşqa davlatlarida ham loyihalar bor. Saudiya Arabistonida joylaşgan DataVolt kompaniyasi Toşkentda suyuqlik bilan sovitiladigan 12 megavattli (MVt) maʼlumotlar markazini qurmoqda. Kompaniya keyingi bosqiçlarda qariyb 3 milliard dollar sarmoya kiritişni rejal aştirgan. Markaz quvvati 500 MVtgaça yetişi mumkin. Sunʼiy intellekt uçun işlatiladigan çiplar köp issiqlik çiqaradi, şu bois bunday markazlarga kuçli sovitiş tizimi kerak. DataVolt mijoz sifatida jalb qilmoqçi bölgan kompaniyalar qatorida Google, Microsoft, Meta va Amazonni tilga olgan.
Qirğiziston Xitoyning Inspur, Huawei va ZTE kabi kompaniyalarini jalb etişga harakat qilmoqda. StarOcean Investment yaqinda mamlakat markazidagi Norin erkin iqtisodiy zonasida 200 gektar maydonda sanoat parki barpo etiş böyiça kelişuv imzoladi. Köp elektr talab qiladigan parkda maʼlumotlar markazlari va sunʼiy intellekt uçun hisoblaş quvvatlarini joylaştiriş közda tutilgan.
Internet infratuzilmasi eskirgan va boşqaruv tizimi öta avtoritar bölgan Turkmaniston ham sunʼiy intellekt sohasiga kirişga intilmoqda. Energetika vaziri örinbosari Serdar Saparov yaqinda mamlakat maʼlumotlar markazlari böyiça xalqaro kompaniyalar bilan dastlabki muzokaralar olib borayotganini aytdi. Singapurda joylaşgan Bitdeer Technologies Group ham Turkmaniston energiya resurslaridan hisoblaş quvvati yaratiş, jumladan, sunʼiy intellekt yordamida maʼlumotlarni qayta işlaş uçun foydalanişni taklif qilgan.
Mamlakatning energetika loyihalaridan xabardor sobiq turkman amaldori Aşxobodning maʼlumotlar markazlari haqidagi eʼlonlarini "şunçaki piar" deb atadi. Uning fikriça, bunga qisman mintaqadagi raqobat sabab bölmoqda. Sobiq amaldor xavfsizlik sababli ismini oşkor qilmaslik şarti bilan RFE/RLning Turkman xizmatiga gapirdi.
"Qöşni davlatlarda biror narsa bölsa, biz ham ortda qolmasligimiz kerak, degan fikr bor. Hatto bu gapligiça qolib ketsa ham", dedi u.
U Turkmanistonda bunday markazlarni işlatiş uçun zarur infratuzilma borligiga ham şubha bildirdi. "Yilning katta qismida havo issiq bölgani uçun sovitişga köproq mablağ ketadi, bu esa markazni işlatiş xarajatlarini sezilarli oşiradi", dedi u. Uning qöşimça qilişiça, suvni tejaydigan texnologiyalar bor, ammo ular markazni işlatişni qimmatlaştiradi.
Sobiq amaldor yaqinda mintaqada yuz bergan elektr uzilişini misol qilib, Turkmaniston elektr tarmoqlarining ahvoli yomonlaşayotganini va ularga "juda katta sarmoya" kerakligini aytdi.
Suv sarfi atrofidagi bahs
AQŞ va Yevropaning ayrim hududlarida elektr tölovlari oşişi, tarmoqlarga tuşadigan yuk va suv sarfi bilan boğliq xavotirlar sabab maʼlumotlar markazlariga jamoatçilik eʼtirozi kuçaymoqda. Ayrim joylarda yangi loyihalarga nisbatan talablar ham kuçaytirilmoqda.
BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) Markaziy Osiyoda ham yangi maʼlumotlar markazlari elektr tarmoqlari va suv zaxiralariga qöşimça yuk bölişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Markaz qancha suv sarflaşi sovitiş usuliga va uning elektr energiyasi qanday işlab çiqarilişiga boğliq.
Suv taqçil joylarda bu talab aholi, fermerlar va energiya işlab çiqaruvçilar foydalanadigan zaxiralarga qöşimça bosim ötkazişi mumkin. Markaziy Osiyoda maʼlumotlar markazlari operatorlaridan qancha suv sarflagani haqida hisobot berişni talab qiluvçi keng qamrovli qoidalar ham yöq.
UNECE hukumatlarga operatorlardan suv sarfini oşkor qilişni talab etiş, markazlar uçun joy tanlaşda mahalliy suv taqçilligini hisobga oliş hamda elektr işlab çiqarişda kam suv talab qiladigan quyoş va şamol energiyasiga ustuvorlik berişni tavsiya qiladi.
Komissiya RFE/RLga yozma javobida "aʼzo davlatlarning siyosiy qarorlariga izoh beriş"dan boş tortdi. Şu bilan birga, Markaziy Osiyoning bir neça davlati suv resurslari böyiça hamkorlik, qarorlar qabul qilişda jamoatçilik iştiroki, atrof-muhitga taʼsirni baholaş va sanoat avariyalarining oldini olişga oid konvensiyalarga qöşilganini qayd etdi. Komissiyaga köra, loyihalar amalga oşirilsa, bu konvensiyalarning ayrim qoidalari ularga tatbiq etilişi mumkin.
Beksultanov uçun asosiy savol şuki, Markaziy Osiyo hukumatlari milliardlab dollar sarflaşdan oldin uzoq muddatli xarajatlarni hisoblab çiqqanmi?
"Markaziy Osiyoning raqamli Ipak yö liga aylaniş imkoniyati bor. Lekin katta rejalarni mavjud şaroit bilan soliştirib köriş kerak", dedi u. "Hozir xususiy sektor heç qanday majburiyat olmagan, davlat mablaği esa sarflanyapti. Bu öşa eski yondaşuv — qurib qöysak, mijozlar özi keladi. Kelmasa-çi? Unda nima böladi?"