Özbekistonda beş million tonnadan ortiq paxta yiğilgani e’lon qilindi. Prezident Şavkat Mirziyoyev paxtakorlarni rekord natija bilan tabrikladi.
Ammo Ozodlik suhbatlaşgan turli viloyatlardagi fermerlar, mahalliy mulozim va bir klaster rahbari hisobotlarga paxta qöşib yozilganini aytmoqda.
Ularning iddaosiça, paxta ortilgan pritseplarning davlat raqamlari almaştirilib, bir yuk tarozidan qayta-qayta ötkazilgan. Hali topşirilmagan paxta ham qabul qilingan deb rasmiylaştirilgan.
Qişloq xöjaligi vazirligiga yuborilgan savollarga material tayyorlanguniça javob kelmadi.
Bir pritsep paxta, bir neça davlat raqami va tarozidan har ötganida hisobotga qöşiladigan yangi hosil. Ozodlik suhbatlaşgan fermerlar qabul punktlaridagi «karusel»ni şunday tasvirlamoqda.
Ayrim suhbatdoşlar tazyiqdan xavotirlanib, şaxsini oşkor qilmaslikni söradi. Suhbatlarning audio yozuvlari Ozodlikda saqlanmoqda.
Rasmiy rekord va unga bildirilgan şubhalar
Şavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlar, klaster xodimlari hamda soha mutaxassislariga yöllagan tabrigida beş million tonnadan ziyod paxta xirmonini «Yangi Özbekiston tarixida» ilk bor erişilgan rekord natija sifatida baholadi.
Tabrikda aytilişiça, oxirgi yillarda çigit ekiladigan maydonlar 38 foizga qisqartirilgan, örtaça hosildorlik esa 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgan.
Raqamlar e’lon qilingaç, ijtimoiy tarmoqlarda ularga şubha bildirgan munosabatlar ham paydo böldi.
“Xozir 875, 6 gektarga paxta ekib, 5 mln paxta hosilini olgan emiş. Qöyinglar-e, lof xam evi bilanda. Birov paxta terganini körmagan bulsak, birorta telejka paxta taşiganini körmagan bulsak. Kim va qayerda terdi şunça paxtani?” — deb yozdi Feysbuk foydalanuvçisi Mirodil Möminov.
Otamurod Ismoilov esa rasmiy statistikaga kinoya bilan munosabat bildirdi:
"Toşbaqani balandroq uçiriş, yana ham yuqoriroqqa uçiriş kerak. Şunda bu statistikani eşitganlar “ööö” deydi".
Ozodlik qöşib yoziş haqidagi iddaolarga aniqlik kiritiş uçun bir neça viloyatdagi önlab fermer bilan suhbatlaşdi. Ularning bir qismi özlari körgan holatlarni, boşqalari esa traktorçilar, qabul punkti xodimlari va hamkasblaridan eşitgan voqealarni bayon qildi.
"Bir yukni uç-tört marta ötkazişgan"
Ozodlikning suhbatdoşlaridan biri Şahrisabz tumanidan Qamaşidagi qabul punktiga paxta olib borgan traktorçilar odatdagidan keç qaytganini aytdi.
Uning sözlariga köra, traktorçilar buni pritseplarining raqamlari almaştirilib, bir yuk tarozidan bir neça marta ötkazilgani bilan izohlagan.
"Qamaşi klasterga paxtamizni vakil bilan jönatdik. Törtta traktorçi, ikkitadan sakkizta telejka. Öşalarning nomerini yeçib, qaytadan uç-tört qayta ötkazdirgan. Ança keç qolib kelişdi. “Nimaga kelmadilar, paxta qolib ketyapti?” desak, “Aka, bitta telejkaning nomerlarini almaştirib, tört marta ötkazyapti”, deydi", — dedi suhbatdoş.
U fermerlar bu haqda özaro gaplaşsa-da, oşkora guvohlik berişdan qörqişini ta’kidladi.
Ğuzorlik fermer Elmurod Xudoyqulov esa ötgan yili paxta topşirişga borganida qabul punktida pritsep raqamlari almaştirilganiga şaxsan guvoh bölganini aytdi.
"Ötgan yili özim körib, guvoh bölganman. Paxta olib borganimda bizning traktorimiz töxtab turdi. Oltita paxta ortilgan telejka paxta zavodida turadi, oltita boş telejka turadi. Nomeri almaştiriladi-da, qaytib kirib-çiqadi. Keyin fermerning paxtasi kiradi", — dedi Xudoyqulov.
Uning iddaosiça, haqiqiy paxta olib kelganlar şu jarayon tugaşini kutib turgan.
"Har bir fermer paxta topşirgan payti orasiga bitta “pripiska” telejka kiraveradi", — dedi u.
Xudoyqulov bu yil ham şunday holatlar bölayotganini boşqa fermerlardan eşitganini bildirdi.
Prokuror ustidan şikoyat
Nişon tumanida 25 yildan buyon fermerlik qilib kelayotgan Bodom Norova ham qöşib yoziş haqida gapirgan. Bloger Xurşid Şonazarov u bilan suhbatini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan.
Norova Ozodlik bilan suhbatda tuman prokurori qöşib yoziş işlariga boş bölayotganini iddao qildi. Fermer şu masala yuzasidan Boş prokuraturaga şikoyat qilganini va uning natijasini kutayotganini aytdi.
Ozodlik ixtiyorida mazkur şikoyat böyiça tekşiruv natijasi yoki prokuraturaning munosabati yöq.
"Hali topşirilmagan paxta hisobotga kiritilgan"
Xorazmlik fermerlardan biri uning xöjaligi hali qabul punktiga yetkazmagan paxta topşirilgan hosil sifatida hisobotga kiritilganini aytdi.
“100 tonnaning örniga 200 tonna qilib körsatib bering”, deb rahbariyat söradi. Men: “Uni keyin qanday qilib joyiga qöya olaman?” dedim. “Qöymasangiz ham heç narsa bölmaydi”, dedi", — dedi ismi sir qolişini söragan fermer.
Suhbatdoşning aytişiça, qoğozdagi hosil bilan haqiqiy hosil örtasidagi farq fermerning moliyaviy majburiyatlariga ham ta’sir qiladi.
"Men yuz tonna paxta terdim, xolos. Hisobot esa yuqoriga 200 tonna bölib ketdi. Endi menga 200 tonna paxta uçun soliq çiqadi. Soliqni bersak böldi, bizlar bilan heç kimning işi yöq", — dedi u.
Ozodlikka bu hisob-kitoblarni tasdiqlovçi qabul yoki soliq hujjatlari taqdim etilmagan. Qöşimça soliq yuki haqidagi bayon suhbatdoşning iddaosi sifatida keltirilmoqda.
Kamerali tarozi qanday aldanmoqda?
Buxorolik fermerning aytişiça, qabul punktlaridagi kamera va elektron tarozi özaro boğlangan: tizim transport raqami, tortiş vaqti va vaznni qayd etib, ma’lumotlarni respublika elektron bazasiga uzatadi.
Suhbatdoş aynan şu tizim transport raqamini almaştiriş orqali çetlab ötilayotganini aytdi.
"Tarozining tepasida videokamera turibdi. Videokamera tarozi bilan integratsiya qilingan. Bular uçta-törtta traktor davlat raqami olib qöygan. Köçaga çiqarib, traktorning raqamini almaştirib olib kiryapti, karusel bölib. Respublika elektron bazasiga haqiqatdan ham tuşyapti u tonna bölib", — dedi fermer.
U Döstlikdan yuborilgan videoda törtta pritsep qabul punktidan çiqib, yana qaytib kirganini körganini aytdi. Tanişlaridan qöşimça tasvir söraganida esa, ular videoning tarqalişidan qörqqan.
Jizzax viloyati Döstlik tumanidan bölgan yana bir fermer pritseplar tagiga tuproq ortib, ustidan paxta yopiş orqali vazn köpaytirilayotganini iddao qildi.
"Bizda ötgan yili ham, avvalgi yillarda ham pripiska bir xil bölgan. Öşa tarozi, öşa pritsep almaştirişlar, öşa navbatçi xodimlar. Lekin bu yilgisi biroz farq qildi. Kilogrammni köproq körsatiş uçun endi telejkaning tagiga tuproq solişyapti", — dedi u.
Uning bayoniga köra, yukli va boş pritseplar navbatlaştiriladi, taşqi körinişni özgartiriş uçun yopqiçlar almaştiriladi. Ayrim tortişlarda esa kameraga körinmaydigan joyga odam çiqariladi.
Fermer qabul punktida işlaydigan tanişiga tayanib, xodimlarga kuniga yuzlab tonna paxta qöşib yoziş vazifasi qöyilganini ham aytdi.
Suhbatdoş qabul punktidan çiqib, qayta kirib ketayotgan traktor va tirkamalar aks etgan videoni Ozodlikka taqdim qildi. Tasvirdagi harakatlarning özi elektron hisobda qança paxta takror qayd etilganini aniqlaş imkonini bermaydi.
Daladagi hosil va hisobotdagi hosildorlik
Denovlik fermerlardan biri tumanda özi kuzatgan holatlarga tayanib, hosildorlik örtaça 25 sentnerdan oşmaganini iddao qildi. U mahalliy rahbarlar bilan ziddiyatga kirişişdan xavotirlanib, ismini oşkor qilmaslikni söradi.
"Özimizdagi ahvolni körib aytyapman. Avvaliga bir kilo paxtaga ikki ming sömdan beramiz dedi, keyin bir yarim ming sömga tuşirdi, odamlar termay ham qöydi. Hozir ham paxta dalada terilmay yotibdi. Fermerlar kreditini yopolmay, qarzga botgan", — dedi u.
Buxorolik suhbatdoş esa "Özbekiston 24" telekanalida körsatilgan bir xöjalik misolini keltirdi. Uning aytişiça, terim boşlanmasidan fermer gektariga 120–130 sentner hosil haqida gapirgan, ammo yakuniy natija ança past bölgan.
"Öşandan uç kundan keyin fermer terimga tuşdi. Paxtani zörğa 40 sentner bilan yakunladi, hatto fyuçers şartnomasini bajara olmadi", — dedi u.
Suhbatdoş yuqori hosil olingan maydonlar borligini inkor qilmaydi, ammo bunday dalalarni butun respublika uçun namuna qilib körsatişga e’tiroz bildiradi:
"Töğri 60-70 sentner hosil beradigan alohida işlangan dalalar bor, masalan, Jizzaxning Zafarobod tumanida, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida, Toşkent viloyatida bor. Lekin bunday hosil bergan maydonlar respublikaning 1 million gektarlik paxta maydonining 5 foizi ham emas. Biz körib yurgan dalalarning hosildorligi 20-25, maksimum 30 sentner”.
Andijon viloyati Qörğontepa tumani hokimligida işlaşini aytgan, ismi sir qolişini söragan mulozim ham klasterlar hisobotida hosildorlik oşirib körsatilganini iddao qildi.
"Men aniq bilganim, ularda paxta hosildorligi 20–25 sentnerdan oşmagan. Lekin respublikaga 50–60 sentnerdan paxta olindi, deb hisobot berişgan", — dedi u «Xanteks» klasteri haqida.
Ayni paytda, mulozim mahalliy fermerlarning ayrimlari gektariga 45–50 sentnerdan hosil olganini aytdi.
Bu raqamlar suhbatdoşlarning öz hududlari haqidagi bayonlaridir. Ular asosida respublika hosilining haqiqiy hajmini hisoblab çiqib bölmaydi.
Maşina terimi uluşi haqida ham savollar bor
Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov video bayonotida paxtaning 75–80 foizi maşinada terilganini aytgan.
Biroq buxorolik fermer öz tumanidagi terim maşinalari soni va ularning iş unumdorligi bunday uluşga şubha uyğotayotganini bildirdi.
“Buxoro tumanlariga 5-6tadan terim maşinasi kelgan xolos. Buni ham öziga töq fermerlar sotib olgan. Mana bizning tuman misolida hisoblab çiqamiz. Bitta maşina bir sutkada 10 tonna paxta teryapti deylik. 40 kunda 400 tonna paxta teradi. Keling ana 1000 tonna tersin. Oltita maşina 6000 tonna paxta teradi-da özi. 75 foiz paxta maşinada terildi degan iddaoning özi ğirt yolğon”, — dedi u.
Suhbatdoş keltirgan hisob şartli misol bölib, respublika böyiça maşinalar soni, iş kunlari yoki terilgan hosilning töliq hisobini anglatmaydi.
Iqtisodçi va huquqşunos Bahodir Sapayev ham Telegram kanalidagi tahlilida rasmiy raqamlar örtasidagi tafovutlarga izoh söragan.
Uning yozişiça, prezident tabrigida maşina terimi uluşi 85 foiz, vazirlikning keyingi axborotida esa 76 foiz deb körsatilgan. Sapayev bu körsatkiçlar qaysi sana va hisoblaş usuliga asoslanganini oçiql aşni söraydi.
Iqtisodçi yakuniy qabul hajmi, qöl va maşina terimining alohida miqdori hamda terim haqlariga oid umumlaştirilgan hisobotlarni e’lon qiliş zarurligini ta’kidlagan.
Klaster rahbari: "Yöq paxtani sotolmaymiz"
Ozodlik suhbatlaşgan klasterlardan birining rahbari öz korxonasi hisobotida ham qöşib yoziş bölganini aytdi. Uning bayoniga köra, amaldagi qabul hajmi elektron hisobda bir neça baravar oşirib körsatilgan.
Suhbatdoş özini aniqlab olişlari mumkinligidan qörqib, korxonasiga tegişli raqamlarni oşkor qilmaslikni söradi.
U elektron hisobga kirgan, ammo amalda mavjud bölmagan paxta keyinçalik klasterning öziga muammo tuğdirişini ta’kidladi.
“Eski paxta yiğiladigan maydonlarni yiğsangiz ham bunça paxta siğadigan joy hozir yöq. Hozir barça tortib olgan paxtamiz onlayn, darrov xatga tuşgan va respublika markaziga uzatilgan. Ilgari pripiska uçun PK yozilardi yoki yozilmasdi, bir yöli qilinardi. Hozir buning iloji yöq, har bir telejka tonnasi klasterda ham, fermerda ham körinadi va eng asosiysi soliqda ham. Boşimiz qotib qoldi. Yöq paxtani sotolmaymiz ham, agar sotilsa darhol soliq çiqadi. Şuning uçun bizning oldimizda bitta yöl bor. U paxta göyoki sotilmagan, ya’ni qoldiq sifatida yotaveradi. Keyin nima bölişini özimiz ham bilmaymiz. Balki öt tuşib “yonib ketar”, — dedi klaster rahbari.
U qöşib yoziş talabi yuqoridan kelganini va uni rad etiş imkoni bölmaganini iddao qildi.
“Prezidentning közini bunça qilib böyaşning nima keragi bor deyman. Lekin bu pripiskaning ortida hurmatli Şuhrat Ğaniyev turibdi. Komanda kapitani özlari. Bizni pripiska qilişga majburlaşdi. Men aytgan raqamlarni özgartirib bering, bölmasa meni aniqlab olişadi. Masalan, mening korxonam bu yil fermerlardan 8 ming tonna paxta qabul qilib olişi kerak. Lekin men elektron tarozining kamerasi aldab 30 ming tonna paxta qabul qildim. Deyarli tört baravar pripiska. Hozir sizga gapiryapmanu, özim qörqib ketyapman”, — dedi suhbatdoş.
Şuhrat Ğaniyevga doir bu ayblovni tasdiqlovçi buyruq yoki yozişma Ozodlik ixtiyorida yöq.
Allaqulov: muammo hisobotdan kengroq
Muxolifatçi siyosatçi, iqtisodçi professor Xidirnazar Allaqulov qöşib yozişlarni boşqaruv tizimi va korrupsion manfaatlar bilan boğlaydi.
U prezident Şavkat Mirziyoyevning bu jarayonlardan xabari bor, deb hisoblaydi. Allaqulovning fikriça, yuqori natijalar haqidagi hisobotlar orqali islohotlar samaradorligini körsatişga urinilmoqda.
"Bu paxtaga qöşib yozişlar orqali ğayriqonuniy manfaatlar yölida, korrupsion yollar bilan nihoyatda katta mablağlar aylanyapti va mablağlar ğayriqonuniy ravişda özlaştirilyapti, degan fikrdaman", — dedi Allaqulov.
Uning talqiniça, soxta hisobot fermer zimmasiga qöşimça majburiyat yuklab, keyin uning öziga qarşi işlatilişi ham mumkin.
"Bizda tuzum şunday: oldin fermerlarni ğayriqonuniy işlarni bajarişga majbur qiladi. Lekin vaqti kelib ularni tekşirib, yana ularning özini javobgarlikka tortadi", — dedi u.
Allaqulov bunday bosim fermerlarni yerdan voz keçişga majburlaş va yerlarni boşqa investorlarga, jumladan xitoyliklarga ötkazişga xizmat qilişi mumkin, degan fikrni ham bildirdi.
Javobsiz qolgan savollar
Ozodlik fermerlar va klaster rahbarining iddaolariga munosabat oliş uçun Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmatiga savollar yubordi. Material tayyorlanguniça javob kelmadi. Javob keyinroq kelgan taqdirda ham Ozodlik uni e’lon qilişga tayyor.
Rasmiy hisobotda — beş million tonnadan ortiq paxta va rekord hosildorlik. Suhbatdoşlarning bayonida esa — takror tortilgan yuklar, qabul punktiga kelmasidan hisobga kiritilgan paxta va qarzini uzolmayotgan xöjaliklar.
Bu guvohliklar qöşib yozişning respublika böyiça hajmini belgilaş imkonini bermaydi. Ammo turli hududlardagi suhbatdoşlar tasvirlagan öxşaş mexanizmlar hisobotlarni tekşiriş va ma’lumotlarni oçi qlaş zaruratini körsatmoqda.
Elektron bazaga kiritilgan paxta amalda qayerda saqlanmoqda? Takroriy qaydlar qanday aniqlanadi? Notöğri hisobotning moliyaviy yuki kimga tuşadi? Qöşib yozişga körsatma berilgan bölsa, uni kim bergan?
Ozodlik keyingi suriştiruvlarida Xitoydan keltirilgan paxta navlari, ularning genetik xususiyatlari va dalalarda qöllanilayotgan kimyoviy vositalar haqidagi oçiq ma’lumotlarni ham örganadi.