Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik 3 yilga qamaldi

Rossiya armiyasi. Illyustrativ surat.

Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik erkakka hukm o‘qildi, deb xabar berdi “Kun.uz”.

Sud hukmida keltirilishicha, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan SH.J. 2023-yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari safiga yollangan. 2023-yil 28-avgustdan 11-oktyabrga qadar Donetsk va Lugansk viloyatlarida Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etgan.

“Harbiy harakatlarda Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarda qo‘riqlash xizmatini olib bordik. Shuningdek, egallangan hududlarda vafot etgan harbiy xizmatchilarning o‘liklarini tashish ishlari bilan shug‘ullandik”, degan sudlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Украина. Ўзбек мигрантлари Украинадаги урушга ёлланмоқдами?

U jangda yaralangach, bir muddat Rossiyada davolangan va 2024-yilning 25-aprelida O‘zbekistonga qaytgan.

Sud hukmi bilan SH.J. Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismida (yollanish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ozodlik jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining 2024-yil 26-iyundagi hukmi bilan Rossiya armiyasi safida jang qilgan G‘olib Aliyev 5 yilga qamalgani haqida xabar bergandi.

Tahlillarga qaraganda, Ukrainada Rossiya qo‘shini safida jang qilayotganlar orasida o‘zbekistonliklar ko‘pchilik tashkil qiladi. Ular asosan Rossiyada sudlanib, qamoqxonada jazo o‘tayotgan kishilardir. Biroq yollanmalar orasida RF fuqaroligini olish yoki pul ishlash maqsadida o‘z ixtiyori bilan urushga ketganlarni ham uchratish mumkin.