Özbekistonda xorijiy armiyalarda xizmat qiliş va fuqarolarni bunday xizmatga yollaş uçun jazoni kuçaytiriş taklif qilinmoqda

Özbekiston, Oliy Majlis

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi (Özbekiston parlamentining quyi palatasi) 24-noyabr kuni jinoiy javobgarlikni kuçaytirişga oid qonun loyihasini birinçi va ikkinçi öqişda ma’qulladi. Loyiha Özbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarda harbiy xizmatga yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xizmatga kirişi hamda ularni bunday xizmatga yollaş uçun jazoni kuçaytirişni nazarda tutadi.

Loyihaga köra, xorijiy harbiy tuzilmalarga yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xizmatga kirganlarga uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin. Hozir buning uçun jarima yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari nazarda tutilgan.

Özbekiston fuqarolarini bunday xizmatga yollaş uçun beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş taklif etilmoqda. Amaldagi jazo uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qilişdan iborat.

Qonun loyihasini taqdim etgan deputat Saydullo Azimovning aytişiça, taşabbus Özbekiston fuqarolarini xorijdagi qurolli mojarolarga jalb etiş hollari köpaygani bilan boǧliq. Deputatning aytişiça, 2025-yilda bunday jinoyatlar soni qariyb 12 baravar oşgan.

Yollanma askarlikning özi uçun belgilangan jazo — beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş — özgarişsiz qoladi.

Özgartirişlar kuçga kirişi uçun hujjat uğinçi öqişda qabul qilinişi, Senat tomonidan ma’qullanişi va prezident tomonidan imzolanişi kerak.

2025-yil noyabrida Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati 2022-yildan buyon mamlakatda yollanma askarlik moddasi böyiça 338 ta jinoyat işi qözǧatilganini ma’lum qilgan edi.

Ukrainaning "Yaşaşni istayman" davlat loyihasi ma’lumotlariga köra, 2026-yil oktabriga kelib Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Markaziy Osiyo davlatlarining 20 mingdan ortiq fuqarosini yollagan. Ularning qariyb 40 foizi Özbekiston fuqarolari.

Rosstat bazasiga buzib kiriş orqali yaqinda olingan ma’lumotlarga tayangan tadqiqotga köra, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan beri Rossiya armiyasi safida Özbekistondan çiqqan kamida 1 301 kişi halok bölgan.