Линклар

O‘zbekiston shoubiznesidagi yangiliklarni eng tezkor, ekskluziv, surat va videolarga boy maqolalar bilan yorituvchi Sayyod.com sayti ko‘pchilikka tanish bo‘lsa kerak. “Yosh to‘lqin” taxririyati ushbu saytning asoschisi, Sayyod tahallusi bilan ijod qiluvchi Sardor Komilov bilan suhbat qurdi.

Sardorning kun bo‘yi band bo‘lganligi sabab, u bilan qurgan suhbatimiz Toshkent vaqti bilan yarim kechasi Facebook saytining chat xizmati orqali ro‘y berdi. Bunday imkoniyat uchun albatta Mark Zukerbergga katta raxmatlar aytamiz.

Sardor Komilov bilan qurgan suhbatimizda biz O‘zbekiston shoubiznesi, undagi san‘atkorlar, shoubiznes yangiliklarini yoritadigan jurnalistlar va Sayyod.com sayti haqida gaplashdik.

Yosh to‘lqin: Sardor, avvalambor katta rahmat yarim kechasiligiga qaramasdan suhbatga rozi bo‘lganingizga. Sayyod.com sayti haqida ozgina aytib bersangiz. Qachon ishga tushirilgan, qiyinchiliklar bo‘lganmi?

Sardor Komilov: Hammasi oddiy boshlangan. 2003 yili do‘stlarim uchun fotogalereya ochganman internetda. Shu sayt bir necha bosqichlardan o‘tib bugungi kundagi Sayyod.com ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Uning mashxur bo‘lishida asosan odamlarning o‘zlari sababchi. Kirishib, qiziqishib taniliqli qilib yuborishdi.

Yosh to‘lqin: Demak oddiy fotogalereyadan boshlangan hammasi?

Sardor Komilov: Ha, u vaqtlar barda director edim. Toqqa bollar bilan tez-tez chiqib turardik, u erda suratga tushar edik. Shu suratlarni ularga tarqatish oson bo‘lishligi uchun internetda sardorik.narod.ru adresi orqali fotogalereya ochganman. Keyinroq esa she‘rlar yozishni boshladim, xikoyalar yozdim. Hammasini shu saytga joylashtirdim. Keyin esa, bu sayt orqali gazetada ozgina ishladim. Mana shu bosqichlardan o‘tib bugungi kundagi Sayyod.com etib keldik. Navruz radiosida ham “Jumanji” nomli loyiham bor – O‘zbekiston shoubiznesi haqida 1 soatlik 4 sahifadan iborat eshittirish.

Yosh to‘lqin: Shoubiznesga kirib kelishingiz haqida ko‘proq aytib bersangiz, iltimos.

Sardor Komilov: 2007 yil sentabr oyi edi, adashmasam. Uyimizda oyim Darakchi gazetasiga obuna edilar. Shu bois men ham uni o‘qib turardim. To‘g‘risini aytsam, san‘at yulduzlari bilan bo‘lgan intervyularini, shoubiznes yangiliklarini o‘qib, ularning sifati pastligidan rosa jahlim chiqar edi.

(kulib) Esimda, o‘shanda sho‘xligim tutib Darakchining redaktori Dilshoda Matchanovaning oldiga borganman. Maqolalarning yomonligi, PR va reklama maqolalarini ko‘pligi va hatto ularning ham sifati pastligi haqida aytganman. Men jurnalist bo‘lmasdan turib sizlarning zodimlaringizdan yaxshi maqola qila olaman, deb yuborganman. Qarang, yoshlik maksimalizmi qanday bo‘lgan.

Dilshshoda Matchanova menga “qani, o‘zingiz eplab ko‘ringchi” deb, biror bir maqola tayyorlashni aytgan.

Yosh to‘lqin: Tayyorladingizmi?

Sardor Komilov: Ha, o‘shanda “klipdagi chehralar” degan loyiha ostida maqola qilishni boshladim. Qo‘shiqchi Shoxruhning “Bolaligim” klipida suratga tushgan aktyorlarni kafega taklif qilib ulardan intervyu oldim. O‘sha vaqtda fotoapparatim bor edi. Ham suratga, ham videoga, ha ovoz olar edi. Qadrdon bo‘lib ketgan edi ko‘p ishlatganimdan. Bechorani yaqinda “Majruh” filmining premyerasida o‘g‘irlab ketishdi.

O‘zi saytdan ketaman degan fikrim bor edi. Endi keta olmayapman. O‘rganib qoldim. Hobbiligi uchun qiziqib ishlayman. Agar saytda bir kun yangi narsa chiqmasa, mushtariylar darrov sms va xatlar yozishadi. Ma‘suliyat-da bu!

Yosh to‘lqin: O‘zbek yulduzlari bilan muloqot qilish qiyin emasmi? Ularda yulduzli kasalligi yo‘gmi?

Sardor Komilov: Bunisi bor. Bu savolni menga ko‘p berishadi. Lekin bunaqa ishda yulduzlar bilan muloqot ornatishni bilish kerak. Agar siz jurnalist bo‘lsangiz, yulduz bilan muloqot qilayotganda siz u bilan bir pog‘onada, kerak bo‘lsa bir po‘gona balandda turishingiz kerak. Bo‘lmasam ular haddidan oshib ketishadi. Kerak bo‘lsa muloyim, kerak bo‘lsa qattiqroq va shiddatli savollarni berishni bilish kerak. Siz jurnalistsiz, 4 hokimiyat vakilisiz. Shuni unutmaslik kerak. Lekin baribir yulduz bilan siz muxlis roliga kirib suhbat qurishingiz kerak.

Bizning jurnalistlar esa bunday qoidalarni umuman bilishmaydi. San‘atkorlar bilan suhbat qurganda qaltirashib, gapi-gapiga to‘g‘ri kelmasdan intervyu olishadi. Olganda ham qog‘oz va ruchka bilan olishadi. Intervyu bu suhbatku! Suhbat qurish kerak yozishni o‘rniga. Baribir hammasini yoza olmaysan. Diktofon bilan qo‘llanishsa bo‘ladiku aahir. Men jurnalist emasman, lekin bularni bilaman. Ular ham bilishlari kerak!

Yaqinda bir honandi bilan suhbat qurib turgan chog‘imda bir jurnalist kelib undan intervyu olmoqchiligini aytdi. Honanda rus tilida gapirar edi. Jurnalist esa ruscha bilmayman deydi. Ahir oldindan buni bilib ruscha biladigan jurnalistni jo‘natsa bo‘lar ediku! Agar Toshkentga Alla Pugacheva kelsa biz unga “o‘zbekcha gapir” deya olmaymizku, to‘g‘rimi? Hullas, o‘zbekistonlik jurnalistlarning sifati juda ham past.

Yosh to‘lqin: O‘zbekiston shoubiznesining sizga yoqmagan taraflari ham bormi?

Sardor Komilov: Bor. Bu soxtachilik, yolg‘onchilik, razillik. Men agar bugun biror bir honandani tanqid qilib yozib chiqsam, ertaga u o‘zini jurnalistman degan bir kimsani topib, qo‘liga 100-200 dollarni berib, men va mening maqolam haqida tanqid yozdiradi. Jurnalistlarning ko‘pchiligi boshqa joylargan kelishgan, 100-200 bir oylik uy ijaraha haqida yarar, lekin yolg‘on teshib chiqadiku! Men sotilganlarni qat‘iyan qorayman, chunki o‘zim hech kimga sotilmayman! Bu ahir san‘atga ham, jurnalistikaga ham to‘g‘ri kelmaydigan ish emasmi? O‘zi bizda haqiqiy san‘atkorlar, rostdan ham ijod qiluvchi honandalar oz. Otarchi va arzon honandalar esa ko‘p.

Yosh to‘lqin: Sayyod.com sayti haqida gaplashsak. Kuniga nechta odam kiradi saytga? Auditoriyasi qanaqa?

Sardor Komilov: To‘g‘risini aytsam, men bilmayman. Bu bilan mening texnik yordamchim ishlaydi. Mening ishim maqola, surat, video va audiolarni tayyorlash.

Yosh to‘lqin: Qiziq. Sizning saytingizga kimlar kirishi va qaysi maqolalarni ko‘proq o‘qishiga qiziqmaysizmi?

Sardor Komilov: Qiziqaman. Bularni keladigan kommentlardan, sms va qo‘ng‘iroqlardan ham bilsa bo‘ladiku.

Yosh to‘lqin: Saytingizda umuman reklama ko‘rinmaydi. Kechrasiz shaxsiy savol uchun, lekin daromadni qaerdan olasiz? Ahir saytlarning asosiy daromadi reklama orqaliku?

Sardor Komilov: (kulib) To‘gri, lekin men birovga tobe bo‘lishni yoqtirmayman. Ahir bu xobbiku. Bundan tashqari ikkinchi ichim ham bor. Hususiy uy egalari o‘rtog‘ligining direktoriman (TSChJ). Har kuni tushlikgacha kunim o‘sha erda o‘tadi. Slesarga ish belgila, bug‘oltirning qog'ozlariga qo‘l qo‘y va ho kazo.

Yosh to‘lqin: Ulgurasizmi hammasiga?

Sardor Komilov: Qiyin, lekin ulrugaman. Sayyod.com bo‘yicha yordamchilarim bor. Ularning yordami bilan ulguraman. Mana hozir honanda Ziyodaning bugun bo‘lib o‘tgan konsert-festivali haqida reportaj qilib o‘tiribman yarim kechasiligiga qaramasdan. Tezkorlik bizning ishimizda katta foyda beradi.

Yosh to‘lqin
: Sardor, bunday band insonning yarim kechada vaqtini olayotganimiz uchun uzr. Ohirgi savolimni bersam. “Sayyod” so‘zining ma‘nosi nima?

Sardor Komilov: “Sayyod” so‘zi merganchi, ovchi degan ma‘noni bildiradi. O‘zim ham ovchidayman. Oldimga qo‘ygan maqsadimga ovchiday yetishga harakat qilaman.

Yosh to‘lqin: Suhbatingiz uchun katta rahmat!
XS
SM
MD
LG