Линклар

logo-print
AQShning Terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha harbiy markazi o‘tgan yili Pokistonda Usama bin Ladin qarorgohi shturm qilingan paytda musodara etilgan hujjatlardan bir qismini e‘lon qildi.

Jamoatchilik e‘tiboriga havola qilingan 17 hujjatda o‘tgan yilning may oyida o‘ldirilgan Usama bin Ladin Al-Qoida ichidagi muammolardan hamda bu tashkilotga nisbatan musulmonlar orasida ishonch kamayganidan bahs etadi.

Yozuvlar uning amerikaliklarni o‘ldirish g‘oyasiga sodiq qolganidan hamda AQSh rahbarlarini yo‘q qilish bo‘yicha rejalar tuzib yurganidan dalolat beradi.

Hujjatlardan Usama bin Ladin AQSh prezidenti Barak Obamaning samolyotiga hujum uyushtirish rejasini tuzib yurgani ma‘lum bo‘ladi.

Bundan tashqari, Al-Qoidaning sobiq rahbari o‘z yozuvlarida “ishonchga sazovor pokistonlik birodarlar” haqida eslatadi, biroq uning qarorgohi qayerdaligidan xabardor bo‘lgan va Abbatobodda yashirinishiga ko‘maklashgan pokistonliklar ismini keltirmaydi.
XS
SM
MD
LG