Линклар

logo-print
"Manchester Yunayted" futbol klubiga endigina o'tgan gollandiyalik Robin van Persi 2012-2013 mavsumining uchinchi turida "Sauthempton" klubiga qarshi o'tgan o'yinda xet-trik muallifiga aylandi.

2 sentabr kuni Sauthempton shahrida o'tgan uchrashuv 2:3 hisobida ser Aleks Fergyusson foydasiga yakunlandi.

O'yindagi hisobni 16-daqiqada mezbonlar hujumchisi Riki Lambert ochib berdi. 23-daqiqada Robin van Persi hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida Shanderlaynning go'lidan so'ng mezbonlar yana hisobda oldinga chiqib olishdi.

69-daqiqada "qizil iblislar"da hisobni tenglashtirish uchun qulay vaziyat yaratilgandi. Jarima maydonchasidagi qo'pollik uchun hakam "Sauthempton" darvozasi oldida 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Biroq zarbani amalga oshirgan van Persi to'pni nishonga aniq yo'llay olmadi.

Shunga qaramasdan, Robin van Persi o'yinning 87 hamda 91-daqiqalarida ikki golga mualliflik qilib, hisobni 2:3 ga yetkazdi.



Uchinchi turdan so'ng "Manchester Yunayted" jamoasi 7 ochko bilan Premyer liga jardvalida to'rtinchi bormoqda. Birinchi o'rinni 9 ochko bilan "Chelsi" egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG