Линклар

logo-print

Yubiley bo'ladi, Messi va Ronaldu esa O'zbekistonga kelmaydi


Yubiley tantalanari yangi qurilgan Bunyodkor stadionida o'tadi.

Yubiley tantalanari yangi qurilgan Bunyodkor stadionida o'tadi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi (O‘FF) Ozodlikka "O‘zbek futbolining 100 yillik yubileyi" tantanalari rejalashtirilganidek, 28 sentyabr kuni o‘tkazilishni ma‘lum qildi.

Seshanba kuni Twitter mikroblogida O‘zbek futbolining 100 yillik yubiley tantanalari bekor qilingani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Kun davomida ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbek futboli ishqibozlari bu mavzuni muhokama qildi.

“100 yillik" degan terminni unutinglar! Futbolimiz endi 100 yoshda emas” deb yozdi hafsalasi pir bo‘lgan futbol muxlislaridan biri.

Fk.uz sayti “100 yillik yubiley qoldirildi” sarlavhasi ostida maqola e‘lon qilib, O‘zbekiston futbol federatsiyasidagi ma‘sullardan biri bilan suhbatni e‘lon qildi.

Biroq keyinchalik mazkur suhbat saytdan olib tashlanib, yubiley tantanalari qoldirilgani haqida kichkina bir xabar joylandi.

Ozodlikka bog‘langan O‘FFga yaqin manba ayni paytda O‘zbek futbolining 100 yillik yubileyi tantanalari bilan bog‘liq barcha tayyorgarlik ishlari to‘xtatilganini ma‘lum qildi.

Uning aytishicha, hatto 100 yillik yubiley munosabati bilan ishlab chiqilgan va Toshkent ko‘chalariga osilgan plakatlar ham O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xodimlari tomonidan olib tashlanayotganini ko‘rish mumkin.

Fikr.uz vebsayti o'zbek futboli yubileyi qoldirilgani haqida ma'lumot bergan edi.

Fikr.uz vebsayti o'zbek futboli yubileyi qoldirilgani haqida ma'lumot bergan edi.

O‘zbekiston futboli 100 yilga to‘lishi munosabati bilan yubiley tantanalariga qariyb bir yarim oydan buyon tayyorgarlik ko‘rilayapti.

Yubiley tantanalari 28 sentyabr kuni yangi ochilgan “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Yangi stadionning rasmiy ochilish maraosimi ham tantanalarga qo‘shib o‘tkazilishi kutilayotgan edi.

O‘FF matbuot kotibi Sanjar Rizayev Ozodlik bilan suhbatda yubiley qoldirilganiga oid xabarni inkor qilib, ikkala tadbir ham rejalashtirilganidek, 28 sentyabr kuni o‘tkazlishini ma‘lum qildi.

- Rejaga ko‘ra 28-sentyabr kuni yangi qurilgan Bunyodkor stadionida o‘zbek futbolining 100 yillik yubiley tantanalari nishonlanishi kerak va shu bilan birga yangi stadionning ochilish marosimi ham, bir yo‘la futbol ishqibozlariga topshirilish marosimi ham o‘tkaziladi. Ikki bayram bir bo‘ladi. Hozirgi kungacha stadion va yubiley atrofida bir necha mish-mish xabarlar paydo bo‘ldi. Bungacha Shakira, David Bekxam, Viktoriya Bekxam va boshqa futbol atrofidagi va u bilan bog‘liq bo‘lgan yulduzlar, Real Madrid, Barselona kabi jamoalarning stadion ochilishiga kelishi va stadion ochilish marosimi oldidan o‘zaro bahsda maydonga chiqish haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Lekin rasman aytib o‘tishim mumkin, barcha xabarlar asossiz. Biz ana shu tabdirga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Barcha tadbir reja asosida bo‘ladi. Chunki hozirgi kunda O‘zbeknavo birlashmasi ana shu tadbirning madaniy qismini bajarish bo‘yicha ayni kunlarda repetitsiya ketayapti va uning boshqa tashkilotchilari stadionga o‘ziga xos sahna yuzaga keltirishayapti. Umuman ana shu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayapti. Yuzaga chiqayotganlar mish-mishlar o‘z nomi bilan mish-mish va asossiz ekanligini aytib o‘tish kerak,- dedi O‘FF matbuot kotibi.

Shuningdek, Sanjar Rizayev yubiley tantanalariga taklif qilingan xorijlik mehmonlar va bayramda qaysi estrada yulduzlari qatnashishi haqida ham gapirdi. Quyida O‘FF vakili bilan suhbatni to‘liq tarzda tinglang.

XS
SM
MD
LG