Линклар

​Rossiyadagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq hisoblanmish “VKontakte” asoschisi va bosh direktori Pavel Durov iste'foga chiqarildi.

Xabarlarga ko'ra, Durov 21 martda ishdan ketishi haqida ariza yozgan, biroq 3 aprelda arizasini qaytarib olgan.

Ijtimoiy tarmoq asoschisining o'z sahifasida yozishicha, lavozimidan bo'shatilgani haqida u ommaviy axborot vositalari orqali xabar olgan.

- Bugun "VKontakte" direktorlar kengashi "to'satdan" iste'foga chiqish haqida bergan arizamni 3 aprelda qaytarib olishim barcha qoidalarga binoan rasmiylashtirilmaganini aniqlagan. Shu sabab men avtomatik tarzda lavozimimdan bo'shatilibman, - deb yozadi Durov 21 aprel kuni o'z sahifasida.

Avvalroq Durov "VKontakte"da Ukrainadagi norozilik chiqishlarga bag‘ishlangan guruhlar tashkilotchilari haqidagi ma‘lumotni oshkor qilishdan bosh tortganidan keyin unga nisbatan bosim kuchaygani haqida bildirgan edi.

2006 yilda ishga tushirilgan "VKontakte" ijtimoiy tarmog'ida ayni damda 250 million foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan. 2013 yilning dekabr oyida tarmoqning bir kunlik foydalanuvchilari soni 56 million kishiga yetgani aytilgandi.

"VKontakte" aksiyalarining nazorat paketi (52%) Rossiyadagi eng boy tadbirkor Alisher Usmonov egalik qiladigan Mail.Ru Group shirkatiga tegishli.
XS
SM
MD
LG