Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:49

Turin universitetiga 100dan 100 ball bilan kirgan talaba: "Shpargalkani kelajagi yo‘q!"


Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga kirish imtihonlari 11—12 iyul kunlari italiyalik mutaxassislar nazorati ostida xalqaro adolat mezonlari asosida o‘tkazilgan.
Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga kirish imtihonlari 11—12 iyul kunlari italiyalik mutaxassislar nazorati ostida xalqaro adolat mezonlari asosida o‘tkazilgan.

Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga kirish imtihonlarida eng yuqori — 100 ballni to‘plagan va bu bilan universitetda rekord qo‘ygan o‘zbekistonlik Hamidjon Egamov Ozodlik bilan suhbatda "o‘qishga kirishda shpargalkalardan foydalanish bema’nilik, bunday soxtakorliklarning kelajagi yo‘q", deb ta’kidladi.

Italiyadagi Turin universitetining Toshkentdagi filialiga hujjatlarini topshirgan o‘zbekistonlik 18 yoshli Hamidjon Egamov shu oy o‘rtalarida o‘tkazilgan kirish imtihonlarida ega bo‘lish mumkin bo‘lgan maksimal 100 ballni qo‘lga kiritib, rekord qo‘ydi.

Universitet saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich universitet tarixida hech qachon kuzatilmagan.

Ozodlik bilan suhbatda Hamidjon Egamov Toshkentdagi litseyda hamda fizika va matematika fanlari bo‘yicha professor bo‘lgan otasidan olgan bilimlari tufayli shunday natijaga erishganini aytdi:

– Yoshligimdan, fizikaga, matematikaga qiziqaman. Dadam ham fizika, matematika sohasi mutaxassisi. Bilmaganlarimni undan har doim so‘rab, o‘zlashtirib borganman, - deydi Hamidjon Egamov.

Турин политехника университетига киришда энг юқори баллни тўплаган Ҳамиджон Эгамов билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:21 0:00
Бевосита линк

Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga kirish imtihonlari 11—12 iyul kunlari italiyalik mutaxassislar nazorati ostida xalqaro adolat mezonlari asosida o‘tkazilgani aytilmoqda.

O‘zbekistondagi boshqa universitetlarga kirish imtihonlari esa 1 avgust kuni, Davlat test markazi tarafidan o‘tkaziladi.

Har yili O‘zbekistondagi oliygohlarga o‘qishga kirishda soxtakorliklar kuzatiladi.

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha o‘qishni tanlagan Hamidjon Egamov soxtakorliklar yo‘li bilan o‘qishga kirish kelajakda baribir o‘zini oqlamasligini aytadi.

- Hozir abiturientlar shpargalka yoki boshqa usullarni ishlata olsa ham baribir uni kelajagi bo‘lmaydi, hozir kirgani bilan bilimi bo‘lmasa hech narsaga erisha olmaydi. Eng yaxshisi o‘zining ustida ishlab, bilimi tufayli o‘qishga kirish, - deydi Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga eng yuqori ball bilan o‘qishga kirgan o‘zbekistonlik Hamidjon Egamov.

Ta’kidlash joiz, Hamidjon Egamov maksimal ball bilan Toshkentdagi xorijiy oliygohlar bo‘limlariga o‘qishga kirgan yagona talaba emas.

Ikki yil avval Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filialiga kirish imtihoni topshirgan xorazmlik abiturient Iqlima Komilova ham maksimal 300 ball to‘plab, rekord qo‘ygan edi.

XS
SM
MD
LG