Rossiyaning Adliya va Ichki ishlar vazirliklari prezident Vladimir Putinga Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash mumkinligi haqida o‘z xulosalarini taqdim etishgan. Bu haqda TASS agentligi Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.
Dunyodagi aksar mamlakatlarda terror tashkiloti deb topilgan “Tolibon” harakati 2021'yil avgustida Kobulni egallab olib, Afg‘oniston bo‘ylab o‘z hukmronligi o‘rnatgan edi. O‘shanda Afg‘oniston “Islom amirligi” deb e’lon qilingan.
G‘arb mamlakatlari “Tolibon”ni Afg‘onistonning mashru’ hukumati deb tan olmaydi. Rossiya Federatsiyasida ham terror tashkiloti deb topilmaganiga qaramay, o‘tgan yillar mobaynida “Tolibon” delegatsiyasi bir necha bor Moskvaga diplomatik tashriflarni amalga oshirgan.
O‘zbekiston rasmiylari ham qariyb uch yildan buyon Afg‘onistonda hukmronlik qilib kelayotgan "Tolibon" harakati bilan munosabatlarni buzmaslikka urinib kelishmoqda. Rasmiy Toshkent 2021-yil sentyabridan beri toliblarga bir necha marta gumanitar yordam yo‘llagan, “Tolibon” harakati vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgan hamda birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqda.