Amerikaning The New York Times naşri Abu-Dabida AQŞ vositaçiligida ötayotgan Ukraina va Rossiya delegatsiyalari muzokaralarida Moskva NATOning Markaziy Osiyoda har qanday harbiy faoliyatdan voz keçişini talab qilayotgani haqida xabar berdi.
Rossiyaning bunday talabi ortida nima turişi mumkin, bu Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavf tuğdiradi va buni jiddiy qabul qiliş kerakmi?
Azattik Aziya muxbiri Kamilla Valiyeva bu haqda siyosatşunos va xavfsizlik masalalari böyiça ekspert, Qozoğiston-Germaniya universiteti professori Rustam Burnaşev bilan suhbatlaşdi.
NATO va Markaziy Osiyo hamkorligi
Azattik Aziya: Avvaliga NATOning Markaziy Osiyo bilan hozirgi hamkorligi qanday ekanini tuşuntirib bersangiz.
Rustam Burnaşev: Markaziy Osiyo mamlakatlari va NATO örtasidagi hamkorlik ança çeklangan. Hali uruş boşlanmasidan oldin ham, ya’ni 2022 yilgaça, NATO bu hamkorlikni ehtiyotkor va ehtiyojdan kelib çiqqan şeriklik sifatida baholagan.
Hamkorlik asosan ta’lim dasturlari, ayrim çeklangan sohalarda strategiyani işlab çiqiş dasturlarini qamrab oladi. Bular qatoriga terrorizm va zöravon ekstremizmga qarşi kuraş masalalari kiradi.
Agar Rossiyaning ehtimoliy talablari doirasiga tuşadigan harbiy hamkorlik haqida gapiradigan bölsak, uning kölami juda tor. Hozirgi paytda amalda faqat bitta maşqlar yönalişi mavjud bölib, u ham har yili çeklangan formatda ötkaziladi va odatda AQŞ hududida taşkil etiladi.
“Rossiya ilgari surayotgan mantiqqa mos”
Azattik Aziya: Mintaqada NATO harbiy bazalari yöq, Toşkentdagi aloqa ofisi ham 2017 yilda yopilgan. Bu holatda Moskva nimani xavf deb hisoblayapti?
Rustam Burnaşev: Agar Rossiyada 2020-2021 yillarda, ya’ni harbiy harakatlar boşlanişidan oldin yangragan ritorikani eslasak, Moskva uçun asosiy muammo NATOning kengayişi va uning Rossiya öz xavfsizligi uçun muhim deb deb hisoblaydigan makonda faollaşişi edi.
Biz yaxşi bilamizki, Ukrainaning NATOga qöşilişi ehtimoli Rossiyaning harbiy harakatlarni boşlaş uçun keltirgan asoslaridan biri bölgan. Menimça, bu yerda gap hozirgi voqelik haqida emas, balki ehtimoliy kelajak haqida ketmoqda.
NATOda kengayiş impulsi saqlanib qolgan. Markaziy Osiyo davlatlari, qançalik ğalati tuyulmasin, YEXHT makoni doirasida Yevropa xavfsizlik tizimining bir qismi hisoblanadi. NATOning mintaqadagi iştiroki amalda 1994 yildan boşlangan. Öşa yili alyansga a’zo bölmagan davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik qilişga qaratilgan «Tinçlik yölida hamkorlik» dasturi işga tuşirilgan.
Bu dastur va u bilan boğliq boşqa taşabbuslar ayrim şerik davlatlar bilan harbiy hamkorlikni kuçaytirişni nazarda tutişi mumkin. Hatto mamlakat NATOga a’zo bölişidan avval ham bunday hamkorlik çuqurlaşişi ehtimoli bor.
Şu nuqtayi nazardan qaraganda, agar Rossiya strategik tarzda oldindan çora köriş siyosati yuritmoqçi bölsa, kelajakda NATO Markaziy Osiyoda bölmasligi kerak degan talab uning sönggi ön yilliklarda bildirib kelayotgan nuqtayi nazariga töliq mos keladi.
Azattik Aziya: The New York Times maqolasida har qanday körinişdagi harbiy faoliyat haqida gap ketmoqda. Ammo hozir Turkiya, NATO a’zosi bölgan davlat sifatida, ayniqsa Özbekiston armiyasi bilan juda faol işlayapti.
Markaziy Osiyo davlatlari undan Bayraktar dronlarini sotib olmoqda. Qozoğistonda esa Anka uçuvçisiz apparatlarini işlab çiqariş zavodi qurilişi haqida xabar berilgan. Bu ham NATOning Markaziy Osiyodagi faoliyati sifatida baholanişi mumkinmi?
Rustam Burnaşev: The New York Times maqolasidan keyin berilgan izohlarga qaraganda, gap aynan köp tomonlama harbiy hamkorlik haqida ketmoqda. Turkiya bilan Özbekiston örtasidagi kabi ikki tomonlama hamkorlik bu toifaga kirmaydi.
Albatta, hozirça bu faqat dastlabki ğoyalar va keyinçalik ikki tomonlama munosabatlar ham muhokama qilinmasligini heç kim kafolatlay olmaydi. Ammo harbiy hamkorlik deganda turli tuşunçalarni ajratib qaraş kerak.
Masalan, turk litsenziyasi asosida bronetexnika işlab çiqariş harbiy-texnik hamkorlik hisoblanadi. Bu tor ma’nodagi harbiy hamkorlik emas. Kadrlar tayyorlaş dasturlari yoki qurolli kuçlar islohotlarini işlab çiqiş masalalari ham şunday.
Biz yaxşi bilamizki, NATO mamlakatlari Markaziy Osiyo davlatlarida harbiy-fuqaroviy hamkorlik hamda qurolli kuçlar ustidan fuqaroviy nazoratni kuçaytiriş dasturlarini faol tarğib qilib kelgan. Odatda bunday yönalişlar harbiy hamkorlik deb hisoblanmaydi. Amalda «harbiy hamkorlik» deganda odatda qöşma maşğulotlar va hamkor davlatlar harbiylarining bevosita iştirokini tuşunişadi.
Azattik Aziya: Ammo bu ham nozik masala. Agar hujjatlarda noaniq, keng talqin qilinişi mumkin bölgan iboralar qoldirilsa, Moskva NATO a’zosi sifatida Anqaraga ham ayrim işlarga haqqi yöqligini aytişi mumkin-ku?
Rustam Burnaşev: Agar biz muhokama qilayotgan qoidalar haqiqatan ham qandaydir kelişuvlarga kiritiladigan bölsa, unda tuşunçalar tizimi juda aniq belgilab qöyiladi. Ya’ni, gap faqat NATO homiyligidagi köp tomonlama hamkorlik haqida ketadimi yoki NATOga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar ham şu doiraga kiritiladimi, harbiy hamkorlik deganda nima tuşuniladi, qaysi faoliyatlarga çeklov qöyiladi va qaysilariga qöyilmaydi - bularning barçasi aniq qayd etiladi.
Menimça, aynan şunday pozitsiyani bu masalani kötargan tomon sifatida Rossiya ilgari suradi.
“Markaziy Osiyoning strategik sukuti”
Azattik Aziya: Hozir dunyo Markaziy Osiyoning Rossiya talablari röyxatida paydo bölganini muhokama qilyapti. Lekin Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari sukut saqlamoqda. Bu masala ularga bevosita daxldor bölsa-da, heç qanday izoh bermayapti. Sizningça, nega?
Rustam Burnaşev: Buning bir neçta sababi bor. Men ikki asosiy jihatni aytib ötaman.
Birinçisi, biz hozirça rasmiy hujjatni körganimiz yöq. Faqat gazetada çiqqan maqola haqida gap ketmoqda. Uning ortida heç qanday rasmiy tasdiq mavjud emas. Şu bois Markaziy Osiyo davlatlari uçun axborot maydoniga taşlangan bunday xabarlarga rasman munosabat bildirişning ma’nosi yöq.
Ikkinçisi, Markaziy Osiyo mamlakatlari sönggi voqealar böyiça ança puxta öylangan strategiyaga ega. Mening ayrim hamkasblarim buni “strategik sukut” deb ataydi. Rossiya-Ukraina uruşi böyiça har qanday oçiq pozitsiya mamlakatlarimizni hozirgi holatga nisbatan kamroq qulay vaziyatga qöyişi mumkin. Bu biz muhokama qilayotgan gipotetik holatga ham taalluqli.
Bizga NATO tomonidan kengaytirilgan şeriklik taklif etilayotgani yöq. Şuningdek, hozir Markaziy Osiyo davlatlari NATO bilan harbiy hamkorlikni kuçaytiriş masalasini kun tartibiga qöygan ham emas. Şunday ekan, “Yöq, biz NATO bilan yaqinroq hamkorlik qilişni istaymiz”, degan bayonot beriş Rossiya bilan nizoli yoki yarim nizoli munosabatlarni keltirib çiqarişi mumkin. Şu bilan birga, NATO mamlakatlari bilan ham muayyan taranglik paydo qilişi ehtimoldan xoli emas.
Bundan taşqari, hatto muhokama qilinayotgan taxmin töğri çiqqan taqdirda ham, şunday vaziyat yuzaga kelişi mumkinki, hamkorlarimiz “Markaziy Osiyo davlatlarining istalgan xalqaro taşkilotga qöşiliş böyiça suveren huquqi bor”, deb aytadi, ammo NATOning özi bizni a’zo bölişga taklif qilmaydi.
Bunday öta nazariy masala böyiça oldindan öz pozitsiyasini e’lon qilişdan qanday naf bor?
2011 yil 8 avgust kuni Olmaota yaqinidagi poligonda ötkazilgan “Daşt burguti” qöşma harbiy maşğulotlarining oçiliş marosimida Britaniya harbiysi öz davlati bayroğini kötarişga hozirlik körmoqda.
Azattik Aziya: Sizningça, mintaqa poytaxtlarida bu vaziyat aslida qanday qabul qilinmoqda?
Ular “yana bizni katta geosiyosiy öyinlarga tortayotirlar, bizni tinç qöyinglar, biz baribir NATOga kirmoqçi emasmiz”, deb öylayaptimi? Yoki buni şunçaki axborot jarayoni sifatida kuzatib turişyaptimi?
Rustam Burnaşev: Menimça, ikkinçi talqin voqelikka yaqinroq. Ehtimol, mamlakatlar axborot oqimini kuzatmoqda: bu masala qanday qöyiladi, turli davlatlar va taşkilotlar unga qanday munosabat bildiradi. Hatto mening nazarimda, bu holat Markaziy Osiyo davlatlari uçun muayyan afzallik ham beradi.
Çunki biz mojaroning har ikki tomonida turgan şeriklarning bunday ğoyaga qanday munosabat bildirişini kuzatiş imkoniga egamiz.
Mintaqa uçun nima özgarişi mumkin?
Azattik Aziya: Agar Markaziy Osiyo haqidagi band haqiqatan ham Rossiya talablari röyxatida bölsa, bu mintaqadagi harbiy hamkorlik uçun nimani özgartirişi mumkin?
Rustam Burnaşev: Bu yerda asosiy masala “harbiy hamkorlik” tuşunçasiga qanday ma’no yuklanişida.
Agar tor ma’nodagi ta’rifni olsak, Markaziy Osiyo davlatlari uçun deyarli heç narsa özgarmaydi. Eng yomon holatda NATO hamkor sifatida mamlakatlarimizning qurolli kuçlarini juda oz sonli maşğulotlarga taklif qilişni töxtatişi mumkin. Şu xolos. Boşqa sohalarda esa heç qanday özgariş bölmaydi.
Çunki NATO bilan ham, uning alohida a’zo davlatlari bilan ham hamkorligimizning boşqa barça şakllari aniq ta’riflangan harbiy hamkorlik tuşunçasiga kirmaydi.
Azattik Aziya: Agar Turkiyaning mintaqa armiyalari bilan hozirgi darajada hamkorlik qilişiga rozilik berilmasa, bu qanday oqibatlarga olib keladi? Masalan, Turkiya qöşma maşğulotlar ötkazadi, Ozarbayjon va Özbekiston ham ularda qatnaşadi. Bayraktar dronlarini ham aytib ötdik. Turkiya bilan harbiy hamkorlik töxtasa, bu mintaqa armiyalariga qanday ta’sir körsatadi?
Rustam Burnaşev: Bu yerda yana bir bor aniqlik kiritiş kerak: harbiy hamkorlik deganda, birinçi navbatda, harbiy maşğulotlar nazarda tutiladi. Harbiy texnologiyalarga kiriş imkoniyati, taktik va strategik tajriba almaşiş esa töxtab qolmaydi. Markaziy Osiyo davlatlari Turkiya bilan hamkorlikni, masalan, Ozarbayjon orqali davom ettirişi mumkin.
Aytaylik, Markaziy Osiyo mamlakatlari bölinmalari Ozarbayjon qurolli kuçlari bilan qöşma maşğulotlarda iştirok etadi. Bu jarayonda turk armiyasida şakllangan ayrim yondaşuvlar, işlanmalar va tajribalar bilvosita uzatilişi mumkin. Şuning uçun ham qurolli kuçlar uçun qandaydir falokatli özgarişlar bölişini kutmayman.
Albatta, bu yerda muayyan siyosiy nozikliklar mavjud. Heç bir davlat, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari ham, öz taqdiri boşqalar tomonidan hal qilinadigan vaziyatga tuşib qolişni istamaydi. Biroq şuni ham tuşuniş kerakki, biz şeriklarimizni biz bilan hamkorlik qilişga majbur qila olmaymiz.
Agar NATOning özi bunday hamkorlikni istamasa, uni biz bilan döstlaşişga majbur qiliş imkoni yöq. Harbiy-texnik hamkorlik sohasida men heç qanday halokatli oqibatlarni körmayapman. Mavjud yönalişlar saqlanib qoladi va amalga oşirilaveradi.
Faqat NATO davlatlarining mintaqadagi bevosita harbiy iştiroki va qöşma harbiy tadbirlari bilan boğliq masalalar çeklanişi mumkin.
“Talablar doirasining kengayişi”
Azattik Aziya: Sizningça, nega bu mavzu keng jamoatçilikda şunçalik qiziqiş uyğotdi?
Rustam Burnaşev: Buning sababi şundaki, Rossiyaning talablari doirasi kengayib borayotgani haqida tasavvur paydo bölmoqda.Avval gap asosan Yevropa makoni haqida ketardi. Endi esa kutilmaganda Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo ham muhokama markaziga çiqmoqda.
Ya’ni Rossiya NATO davlatlariga qöyayotgan talablar geografiyasi kengaymoqda. Tabiiyki, bu juda kutilmagan pozitsiya sifatida qabul qilinmoqda. Biroq, agar 2019-2020 yillarga qaytsak, aslida bu mazmundagi talablar öşanda ham bildirilgan edi. Faqat uruş va uni tugatiş böyiça muzokaralar fonida ular yanada keskinroq va dolzarbroq tus olmoqda.
Azattik Aziya: Agar bunday talab haqiqatan ham mavjud bölsa, Moskva uni bajartiriş uçun qanday dastaklarga ega? Bu masala savdolaşuv predmetiga aylanişi mumkinmi?
Rustam Burnaşev: Bu, albatta, muzokaralardagi pozitsiyalardan biridir. Tabiiyki, bu böyiça tortişuvlar va muzokaralar bölişi mumkin. Menimça, bu NATO uçun ham, ehtimol Rossiya uçun ham mutlaqo hal qiluvçi masala emas.
Garçi Rossiya uçun u bir oz muhimroq bölsa-da, çunki Moskva Markaziy Osiyo davlatlarini qamrab oladigan NATO kengayişini istamaydi. Şu bilan birga, menimça, bu umumiy muzokaralar paketidagi navbatdagi nuqtalardan biri, xolos.
Men buni eng oğriqli yoki eng asosiy masala deb hisoblamayman. Aks holda u ança oldin muzokaralar kun tartibiga çiqqan bölardi. Hatto şunday taxmin qiliş mumkinki, bu ğoyani Rossiya emas, balki Ğarb hamkorlari muayyan bonus sifatida taklif qilayotgandir.
Ehtimol, Rossiyaning özi ham bu haqda jiddiy öylamagan bölişi mumkin. Ammo Ğarb tomonidan Ukraina böyiça murosani muvozanatlaştiruvçi qöşimça band sifatida taklif etilayotgan bölişi ehtimoldan xoli emas. Ya’ni Rossiya muayyan yon berişlarga borişi evaziga NATOning Markaziy Osiyodagi harbiy hamkorligi qisqartirilişi mumkinligi muhokama etilayotgan bölişi mumkin. Men bunday variantni istisno qilmayman.
Ukrainadagi vaziyatni tartibga soliş böyiça muzokaralarda erişilgan kelişuvlarni qanday kafolatlaş mumkinligi eng muhim masalalardan biri bölib qolmoqda. Mojaroning barça tomonlari tinçlik kelişuvi uzoq muddatli bölmasligidan xavotirda. Biz Ukraina tomonining, Rossiyaning va Ğarbiy Yevropa davlatlarining bu boradagi xavotirlarini kördik.
Xalqaro munosabatlarda umumiy qabul qilingan qoidalar va qadriyatlar zaiflaşa boşlaganda, xavfsizlik kafolatlari hamda bitimlarga rioya etilişini ta’minlaş masalasi birinçi öringa çiqadi.
Afsuski, hozirgi şaroitda bunday kafolatlarni kim ta’minlaşi mumkinligini tasavvur qiliş men uçun juda qiyin. Mening jiddiy xavotirim şundaki, muzokaralar jarayoni iştirokçilarining heç birida mojaro qayta boşlanmasligini yuz foiz kafolatlaydigan tayyor yeçim yöq.
Şuning uçun bilvosita masalalarga ham, masalan, NATOning Markaziy Osiyoda harbiy iştirok etmasligini qanday kafolatlaş mumkin degan savolga ham javob beriş qiyin. Hozirça Markaziy Osiyo davlatlari uşbu muzokaralar jarayoniga umuman jalb qilinmagan. Heç kim bizdan harbiy hamkorlikni saqlab qolişni xohlaymizmi yoki undan voz keçişni istaymizmi, deb söragani yöq. Tabiiyki, agar mintaqadagi davlatlar bu hamkorlikni saqlab qolişni istasalar, unda bunday kelişuvga amal qilinmaslik xavfi yanada yuqori böladi.
Forum