Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:39

AQSH Davlat kotibi muovini o‘zbek rasmiylari bilan uchrashdi


AQSH davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan, Toshkent, 2024-yil 22-mayi (O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati fotosi)
AQSH davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan, Toshkent, 2024-yil 22-mayi (O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati fotosi)

AQSH davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya xonim Toshkent safari doirasida 22-may kuni O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan uchrashgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi ma’lumot tarqatdi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilar ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, xususan, O‘zbekiston va AQSH huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, inson huquqlari, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan kiberjinoyatlar, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishlarida ijobiy tajriba almashish kabi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildilar”, deyilgan IIV xabarnomasida.

AQSH Davlat departamenti mulozimasi Uzra Zeya xonimning vazir Bobojonov bilan uchrashuvi davomida O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolar huquqlari buzilayotganiga oid ayrim holatlar, xususan IIOga tegishli bino va hibsxonalardan hanuz o‘liklar chiqayotgani hamda tizimda insonlarga nisbatan qiynoq va g‘ayriinsoniy munosabatlar davom etayotgani kabi masalalar ham muhokama etib-etilmagani haqida ma’lumot yo‘q.

IIV rahbari Bobojonovdan tashqari amerikalik mulozima O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, prezident Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi va bosh yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashgan.

Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva 22-may kuni o‘z Telegram-kanalida.

XS
SM
MD
LG