Линклар

Шошилинч хабар
28 апрел 2025, Тошкент вақти: 16:57

AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari Isroilga bordi


AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurilla
AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurilla

AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Maykl Kurilla Eron xavfiga qarshi ko‘rilayotgan choralarni muvofiqlashtirish uchun 11-aprel kuni Isroilga borgan. RFI xabariga ko‘ra, o‘z safari chog‘ida amerikalik generalning Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va SAXAL (Isroil armiyasi) ofitserlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

AQSH prezidenti Jo Bayden 10-aprel kuni yana bir bor Isroilni “og‘ishmay” dastaklashini urg‘ulagan. Bayden Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan chorshanba kuni Oq uyda o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida Eron “Isroilga jiddiy zarba berish bilan tahdid qilayotgani”ni tasdiqlagan.

Isroil tomonidan 1-aprel kuni uyushtirilgan hujum oqibatida Damashqda Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy o‘ldirilgan edi. Eron oliy ruhoniysi Ali Xomanaiy “sionistik rejim jazolanishi”ni bir necha bor ta’kidlagan.

Eron tahdidi manzarasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu SAXAL harbiy-havo kuchlari havo bazasiga borib, “Bizga kim hujum qilsa, biz unga zarba beramiz. Biz Isroil xavfsizligini ham mudofaa, ham hujum bilan ta’minlaymiz”, deya bildirgan.

Isroildagi manbalar 10-aprel oqshomida AQSHning Yaqin Sharqdagi elchisi Brett Makgurk Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Iroq tashqi ishlar vazirlariga qo‘ng‘iroq qilib, ulardan Isroil bilan ziddiyatni kuchaytirishdan tiyilish talabini Eronga yetkazishni so‘ragani haqida ma’lumot tarqatishgan.

Avvalroq AQSH razvedkasiga yaqin bo‘lgan anonim manba Bloomberg agentligiga masala Eronning Isroilga hujum qilib-qilmasligida emas, bu ishning qachon amalga oshishida qolganini ma’lum qilgan.

Taranglik kuchayib borayotgani tufayli Germaniyaning Lufthansa aviashirkati 10-aprel kuni Tehronga parvozlar to‘xtatilishini e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG