AQSH prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Xanter Baydenni ikkita jinoyat ishi bo‘yicha afv qilish qaroriga keldi.
“Bu lavozimga o‘tirganim ilk kundanoq Adliya vazirligining qaror qabul qilishiga aralashmasligimni aytgan edi va men hatto o‘g‘lim ataylab va adolatsiz ta’qib qilinganini ko‘rganimda ham o‘z so‘zimda turdim”, deyilgan Baydenning bayonotida.
Iyun oyida sud Xanter Baydenni noqonuniy ravishda o‘qotar qurol sotib olganlikka oid ish bo‘yicha aybdor deb topgan edi.
54 yoshli Xanter Baydenga qo‘yilgan ayblovda uning 2018-yil oktyabrida to‘pponcha sotib olishda narkotik iste’mol qilmasligini aytib, yolg‘on gapirgani aytilgan. Biroq, prokuror qaydicha, o‘sha paytda u kokain qaramligi bilan kurashayotgan bo‘lgan. Mazkur ayblov asosida Xanter 25 yilga qamalishi va 750 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin edi.
2023-yil iyunida AQSH prezidentining o‘g‘li bu ish bo‘yicha hamda soliq to‘lamaganlikka oid ish yuzasidan o‘zini aybdor deb tan olishga rozi bo‘lgan. U kelishuv tuzishga tayyor bo‘lgan, biroq 2024-yil iyulida bunday kelishuv imkonsizligi aytilgan. Sudya Meriyellen Noreyka mazkur kelishuvning qonun talablariga muvofiq emasligiga e’tibor qaratgan.
Jo Bayden fikricha, o‘g‘liga qarshi ish bo‘yicha sud jarayoniga siyosiy bosim o‘tkazilgan va bu ish qarindoshlik aloqalarini tufayli “ajratib olingan”.
“Men adolatli sudlovga ishonaman, biroq rutubatli siyosat bu jarayonni zaharladi va xato sudlovga olib keldi. <...> Amerikaliklar nima uchun ota va prezident bunday qarorga kelganini tushunishadi, deb umid qilaman”, deya xulosa qilgan Jo Bayden.