Линклар

Шошилинч хабар
13 Iyun 2026, Тошкент вақти: 14:54

AQSH: Respublikachilar Vakillar palatasi ustidan nazoratni saqlab qolishdi

AQSH Kongressi binosi
AQSH Kongressi binosi

Respublikachilar partiyasi AQSH Kongressining quyi palatasi bo‘lmish Vakillar palatasi ustidan nazoratni saqlab qoldi. Partiya palatadagi 435 o‘rindan kamida 218 tasini olishga muvaffaq bo‘lgan.

AQSHda parlament saylovi prezident saylovi bilan bir vaqtda – 5-noyabr kuni o‘tkazilgandi. O‘tgan bir haftadan ko‘proq muddat ichida saylovda berilgan ovozlar hisoblangan. Hal qiluvchi hisobni amaldagi respublikachi deputat Xuan Chiskomanining Arizona okruglaridan birida qozongan g‘alabasi belgilab bergan: u saylovda 49,6 foiz ovoz olgan.

Demokratlar partiyasi hozirgi paytgacha Vakillar palatasida 208 ta o‘rin olgani ma’lum. Yana to‘qqizta okrugda ovozlarni hisoblash davom etmoqda.

Palatadagi spiker lavozimini ham respublikachi Mayk Jonson saqlab qolishi kutilmoqda, u mazkur lavozimni o‘tgan chaqiriqda – 2023-yil yanvarida egallagan edi. AQSHda Vakillar palatasiga saylov har ikki yilda o‘tkazib turiladi.

Avvalroq respublikachilar AQSH Kongressi yuqori palatasi – Senat ustidan nazoratni qaytarib olishgan edi.

Prezident saylovida ham Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozongan. Har ikki palata respublikachilar nazorati ostida bo‘lgan sharoitda Trampga o‘z siyosatini yuritish ancha oson bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG