Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 15:32

AQSH: Vashington yaqinida yo‘lovchi uchog‘i halokatga uchradi


Vashingtondagi Ronald Reygan nomli aeroport, 2025-yil 29-yanvar oqshomi
Vashingtondagi Ronald Reygan nomli aeroport, 2025-yil 29-yanvar oqshomi

Yigirma to‘qqizinchi yanvar oqshomida AQSH poytaxti yaqinida harbiy vertolyot bilan to‘qnashib ketgan American Airlines aviashirkatiga qarashli mahalliy yo‘lovchi uchog‘i halokatga uchradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kanzasdagi Uichito shahridan Vashingtonga parvoz qilayotgan uchoq bortida 60 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Bombardier CRJ700 uchog‘ining Sikorski H-60 harbiy vertolyoti bilan to‘qnashuvi Ronald Reygan nomidagi aeroportga yaqin joyda sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi uchog‘i Potomak daryosiga qulagan.

Aviahalokat qurbonlari haqida aniq ma’lumot hozircha yo‘q. Hozirgacha 18 kishining jasadi suvdan olib chiqilgani aytilmoqda. “Tez yordam” mashinalari Potomak sohiliga tizilgan.

CNN telekanalining huquq-tartibot idoralarida ishlaydigan manbasi iddaosicha, qutqaruvchilar hali suvdan bironta ham tirik odamni olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan emas. Manbaga ko‘ra, uchoq daryoga qulaganidan keyin ikkiga bo‘linib ketgan, vertolyot ham undan uzoq bo‘lmagan joyga qulagan.

Hodisa ortidan Reygan nomidagi aeroportda uchoqlarning uchish-qo‘nishi bekor qilingan.

Potomakdagi politsiya qayig‘i
Potomakdagi politsiya qayig‘i

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘ziga “Reygan Milliy aeroportida sodir bo‘lgan mudhish hodisa haqida” xabar berilganini ma’lum qilgan.

Transportdagi xavfsizlik bo‘yicha milliy kengash noxush hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumot yig‘ayotganini bildirgan.

Bu Qo‘shma Shtatlarda 2009-yildan buyon insonlar o‘limiga olib kelgan ilk aviahalokat bo‘lib hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG