Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 02:09

AQSHda yuk mashinasi o‘nlab odamni bosib ketdi


Yangi Orleandagi voqea sodir bo‘lgan joyga yaqin yer, 2025-yil 1-yanvari
Yangi Orleandagi voqea sodir bo‘lgan joyga yaqin yer, 2025-yil 1-yanvari

AQSH janubidagi Luiziana shtatining Yangi Orlean shahrida yuk mashinani shahar markazida Yangi yilni nishonlayotgan olomon ustiga yurishi natijasida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ziyod odam yaralangan. Yuk mashinasi haydovchisi odamlarga qarata o‘t ochib, politsiya bilan ham otishmaga kirishgan, pirovardida ikki nafar politsiyachi yaralangan.

Politsiya vakillari yuk mashinasining odamlar ustiga haydalishi imkon qadar ko‘proq kishiga zarar yetkazish maqsadida rejalangan va qasddan amalga oshirilgan ish bo‘lganini rasman tasdiqlashgan.

Luiziana shtati gubernatori Jeff Lendri sodir bo‘lgan voqeani “mudhish zo‘ravonlik hodisasi” deb atagan, Yangi Orlean meri LaToyya Kentrell esa uni “terakt” deya baholagan.

Gumonlanuvchi AQSH fuqarosi bo‘lgan 42 yoshli texaslik Shamsuddin Jabbor ismli shaxs. Federal razvedka byurosi (FRB) terakt moddasi bo‘yicha ishni tergov qilmoqda.

Voqea joyida qo‘lbola portlash moslamalari topilgan. Mutaxassislar ularning portlashga yaroqli bo‘lib-bo‘lmaganini aniqlashmoqda. Bundan tashqari, CNN manbalari ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilda “Islom davlati” terror guruhining bayrog‘i topilgan.

FRB gumonlanuvchining muhtamal sheriklari bor-yo‘qligini, shuningdek, uning siyosiy va diniy qarashlari hamda terror tashkiloti bilan aloqalarini o‘rganishmoqda.

Fojia Yangi Orlean shahri markazidagi odam gavjum bo‘lgan ko‘chalardan biri – Burbon-stritda sodir bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG