Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrel AQSH ma’muriyati Ukrainaga Rossiya hududi bo‘ylab zarba berish uchun uzoq manzilli raketalardan foydalanishga ruxsat berganini ma’lum qildi.
Borrelga ko‘ra, Kiyev masofasi 300 kilometrgacha bo‘lgan raketalar bilan zarba berishga ruxsat olgan.
Avvalroq The New York Times gazetasi amerikalik mulozimlardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, AQSH prezidenti Ukraina rasmiylariga Rossiya hududiga zarba berish uchun ATACMS uzoq manzilli raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani haqida xabar qilgan edi.
Reuters agentligi Ukraina bu qurolni yaqin kunlar ichida qo‘llashni rejalayotgani haqida yozgan.