Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:03

Braziliyadagi G20 sammitida Yevropaning olti davlati Rossiya tajovuzini qoraladi


Braziliyadagi G20 sammitida Rossiyani TIV rahbari Sergey Lavrov tamsil etdi.
Braziliyadagi G20 sammitida Rossiyani TIV rahbari Sergey Lavrov tamsil etdi.

Ispaniya hukumati saytida 19- noyabr kuni Braziliyadagi G20 sammitida ishtirok etgan Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma bayonoti yoyinlandi. Mazkur hujjat shu kunning o‘zida “katta yigirmalik” sammiti yakunlariga ko‘ra qabul qilingan va ichida Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi qoralanmagan bayonotdan farq qiladi.

Urushning 1000 kunligi munosabati bilan Yevropaning olti davlati yoyinlagan bayonotda Rossiya minglab odamning yostig‘ini quritgani va xalqaro huquq me’yorlarini bir necha bor buzgani aytilgan.

Rossiyaning mulohazasizlarcha revizionizmi, uning urushni to‘xtatish va tuturuqli muzokaralarga kirishishdan muntazam ravishda bosh tortib kelayotgani Yevropa qit’asidagi hamda transatlantika hududidagi tinchlik, erkinlik va farovonlikka tahdid solyapti. Rossiya o‘zining noqonuniy urushini davom ettirish uchun tobora Eron va Shimoliy Koreya kabi hamkorlarga suyanmoqda”, deyilgan bayonotda.

Yevropaning olti davlati qit’adagi davlatlarni “transatlantika va jahondagi sheriklar bilan hamkorlik qilish orqali xavfsizlikni ta’minlashda o‘z rolini kuchaytirish”ga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG