Линклар

Шошилинч хабар
12 май 2025, Тошкент вақти: 07:37

Dehli vokzalidagi tiqilinchda kamida 18 kishi nobud bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Dehlidagi temir yo‘l vokzalida o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan tiqilinchda to‘rt nafar bola doxil kamida 18 kishi o‘lgan, ko‘plab odam tan jarohati olgan.

Vokzaldagi ko‘p ming kishilik olomon poyezdlar kechikishi tufayli paydo bo‘lgan.

Hindistonning Prayagraj shahrida “Maxa Kumbxa Mela” deb atalgan diniy bayram bo‘lib o‘tmoqda. Millionlab odam ishtirok etadigan bu bayram 144 marta o‘tkazilyapti. Bir necha kun davom etadigan bayramga bu yil yuz millionga yaqin odam kelishi kutilmoqda. Yanvar oyi oxiridagi anjumanda ham olomon ichida tiqilinch yuzaga kelgan, o‘sha paytda kamida 12 nafar ziyoratchi hayotdan ko‘z yumgandi.

Bi-Bi-Si xabariga ko‘ra, Dehli vokzalida jabrlanganlarning ko‘pchiligi Prayagrajdagi festivalga ketayotgan yoki aksincha, u yerdan qaytayotgan bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG