Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 09:41

Deputatlar elektron sigaretani taqiqlashni taklif qilishmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlari, nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash va o‘tkazish taqiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ushbu taqiq ko‘zda tutilgan qonun loyihasi muhokama qilingan.

Partiya matbuot xizmati qaydicha, so‘nggi yillarda nikotinni yetkazib berish moslamalari, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar hamda qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining O‘zbekistonga qonunga xilof ravishda olib kirish holatlari va aylanmasi ortib bormoqda. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari ko‘paygan.

Shunga ko‘ra bu turdagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududidan olib chiqishga nisbatan ta’sirchan chora sifatida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi rejalashtirilgan.

Gazeta.uz nashrining aniqlik kiritishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 186−2-modda (muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shuningdek, elektron sigaretalar va chilimlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, realizatsiya qilish, olib kirish) kiritilishi mumkin. Ushbu qoidabuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda (17-34 mln so‘m) jarima jazosi nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksini ham shu nomdagi 186−4-modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Ushbu xatti-harakatlarning og‘irlik darajasiga ko‘ra jarimadan tortib 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi ko‘zda tutilyapti.

XS
SM
MD
LG