Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 01:31

Dushanbe shahri yaqinida yirik dron qulab tushdi


Sharora qishlog‘ida qulab tushgan dron, 2024-yil 3-dekabri
Sharora qishlog‘ida qulab tushgan dron, 2024-yil 3-dekabri

Tojikistonning Hisor tumani Sharora qishlog‘ida 3-dekabr kuni yirik hajmli dron halokatga uchradi. Mazkur qishloq poytaxt Dushanbedan 5 kilometr narida joylashgan.

Ozodlikning tojik xizmati xabariga ko‘ra, dron qulagan joyga militsiya xodimlari va harbiylar yetib borishgan. Mahalliy turg‘unlar tahririyatga harbiy dronga o‘xshagan obyekt elektr uzatish simlariga o‘ralashib qolib, yerga qulaganini aytib berishgan. Hodisa chog‘ida qishloqdagi uylarga shikast yetmagan va hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyida olingan videoda dron qisman yonib ketganini ko‘rish mumkin.

Ozodlikning tojik xizmati muxbiri voqea sodir bo‘lgan joyga olib boradigan yo‘l yopib qo‘yilgani, u yoqqa hech kim qo‘yilmayotganini qayd etgan.

Tojikiston rasmiy idoralari hodisa yuzasidan hali izoh berganlaricha yo‘q.

XS
SM
MD
LG