Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 00:31

Elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari ham tarmoqdan uzilyapti


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash uchun o‘rnatilgan stansiyalarni elektr tarmog‘idan uzish boshlandi.

Kun.uz nashriga mamlakatning turli hududlaridan murojaat qilgan haydovchilar ko‘plab quvvatlash shoxobchalari ishlamayotgani, ishlayotganida ham soatlab navbatda turishga to‘g‘ri kelayotganidan shikoyat qilgan.

Hududiy elektr ta’minotidan kelishib, hech qanday sababsiz stansiyalarimizni o‘chirib tashlashyapti. Nima sababdan o‘chiryapsan, bu transformator qonuniy yoqilgan, deyapmiz. Ular esa “tepadan shunday buyruq bo‘ldi” deyishyapti. Boshqa hech qanday gap yo‘q. Raqobatchi kompaniyalar bilan ham xuddi shunday bo‘lyapti, bitta bizda emas”, degan quvvatlash stansiyalariga egalik qiluvchi yirik kompaniya vakili.

Energetika vazirligi matbuot xizmati elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq berilgani haqidagi xabarni rad etgan.

Ta’kidlash kerakki, ayni paytda mamlakatimizda generatsiya, ya’ni elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi esa o‘z ehtiyojimizni to‘liq qoplashga yetadi”, deyilgan bayonotda.

Bu borada muammoga duch kelgan tadbirkorlik subyektlariga Energetika vazirligining +99871-231-16-61 (ichki 7037, 7046 va 7057) raqamli “ishonch telefonlari”ga murojaat qilish tavsiya etilgan.

Shu yil 9-dekabridan O‘zbekistonda iste’mol yuqori bo‘lgan hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklov kiritilgan.

Energetika vazirligining uzluksiz ta’minot haqidagi va’dalarga qaramay, hali havo harorati manfiy darajaga tushmagan kunlardayoq poytaxtdagi ishlab chiqarish korxonalarini gazdan uzish boshlangan.

XS
SM
MD
LG