Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 06:13

Energetika korxonalari xodimlari namoyishkorona qamoqqa olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Samarqand viloyatida korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanib elektr va gaz korxonalarining yetti nafar xodimi qamoqqa olindi. Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligida viloyatda energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilgan.

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” AJlar xodimlari va boshqa mas’ullar qatnashgan.

Ta’minot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlangan yetti xodimi aynan ushbu yig‘ilish payti namoyishkorona qamoqqa olingan.

Mamlakatda energetik taqchillik kuzatilayotgan vaqtda, aftidan, “piar yurish” o‘laroq amalga oshirilgan hibslar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchradi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov buni “katta o‘g‘rilarni panalash uchun nafratni mayda o‘g‘rilarga qaratish” deb atadi.

Bu paytda bir to‘p oligarxlar subsidiyalanayotgan milliardlab kub gaz eksportini to‘xtatmaydi. O‘zi yo‘q va kamayib borayotgan gazga milliard va milliard dollarlik shishirilgan loyihalar yasalaveradi, orada biznes va aholini gazdan uzishni oqlab chiquvchi karnaylar ishga tushiriladi”, deb yozdi O.Bakirov.

Davletov.uz kanali ham “tariflar muttasil oshib turgan paytda gaz o‘g‘rilariga nisbatan nafrat, qoralash emas, balki ularning xatti-harakatini oqlash” kuchayishiga e’tibor qaratdi.

Energetika tizimining reputatsiyasi shu darajadaki, odamlar bu raqamlarni shubha ostiga oladi, o‘marishlarga qarshi ommaviy kurashlarga ishonmaydi. Zaifga qonunni ishlatib, o‘zinikilarga ko‘z yumilyapti, deb o‘ylashadi. Bunday fikrlar osmondan tushgani yo‘q”, deb yozdi Davletov.uz.

XS
SM
MD
LG