Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2025, Тошкент вақти: 19:45

Farg‘onalik taniqli shoir Shamshod Abdullayev Olmaotada vafot etdi


Shamshod Abdullayev (arxiv surati)
Shamshod Abdullayev (arxiv surati)

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 23-oktyabr kuni farg‘onalik shoir, yozuvchi va esseist Shamshod Abdullayev olamdan o‘tdi. Bu haqda “Farg‘ona.ru” axborot agentligi xabar qildi.

1957-yilning 1-noyabrida Farg‘onada tug‘ilgan Shamshod Abdullayev rusiyzabon avangardchi shoirlar orasida o‘tgan asrning 80-90-yillarida shakllantirilgan “Farg‘ona poetik maktabi”ning norasmiy liderlaridan biri o‘laroq ko‘rilardi. Millati o‘zbek bo‘lishiga qaramay, rus tilida ijod qilgan Shamshod Abdullayev bir necha she’riy to‘plam va prozaik asar muallifi bo‘lib hisoblanadi.

Asarlari bir necha tilga tarjima qilingan farg‘onalik shoir, “Farg‘ona.ru” qaydicha, Andrey Beliy nomidagi mukofot (1993-yil), “Znamya” jurnalining esseistika bo‘yicha mukofoti (1998-yil), “Globus” mukofoti (1998-yil), Rossiya shoirlari orasida ikki marta she’riyat uchun mukofot (2006 va 2013-yillar), Fransiyada rus tilida chiqqan “Okno” jurnali mukofoti (2011-yil), Iosif Brodskiy jamg‘armasi mukofoti (2015-yil) va boshqa mukofotlar sohibi bo‘lgan.

Shamshod Abdullayev Toshkentda “Zvezda Vostoka” jurnaliga (“Sharq yulduzi”ning ruschasi) muharrirlik qilgan. “Farg‘ona.ru” ma’lumotiga ko‘ra, nashr O‘zbekiston rasmiylarining bosimiga uchragan, shundan so‘ng jurnal xodimlari va Farg‘ona maktabi vakillari mamlakatni tark etib, muhojirotga ketishga majbur bo‘lishgan.

XS
SM
MD
LG