Линклар

Шошилинч хабар
14 феврал 2025, Тошкент вақти: 16:28

Firibgarlikda gumonlangan shaxs Turkiyadan ekstraditsiya qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Firibgarlikda ayblanib, O‘zbekiston rasmiylari tomonidan 2023-yilda qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik 33 yoshli yigit Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Diplomatik vakolatxona qaydicha, A. I. ismli bu shaxs Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi”, deyilgan bosh konsulxona xabarnomasida.

Ozodlik o‘tgan yilning sentyabr oyida firibgarlik ayblovi bilan Istanbulda qo‘lga olingan ikki nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olinib, Toshkentga deportatsiya qilingani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG