Agar AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb topilgan HAMAS guruhi shanba, 15-fevral kuni tushgacha garovga olingan isroilliklarni ozod qilmasa, G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni qayta boshlashga tayyor. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiy hukumat majlisi yakunlariga ko‘ra bildirdi.
Isroil nashrlari qaydicha, Isroil va falastinliklar o‘rtasidagi sulhning ilk bosqichi doirasida shanba kuni tirik qolgan garovdagilardan to‘qqiz nafari ozod qilinishi lozim etilishi kutilmoqda.
Ynet nashri harbiy hukumat o‘z qarori bilan AQSH prezidentining ultimatumini dastaklaganiga e’tibor qaratgan. Avvalroq Donald Tramp, agar 15-fevral kuni tushgacha garovdagilar qaytarilmasa, G‘azoda otashkesim tartibini bekor qilishni maslahat berishini bildirgan edi.
Isroil bilan HAMAS o‘rtasidagi otashkesim tartibi yanvar oyi o‘rtasidan buyon davom etmoqda. Ilk 42 kun davomida HAMAS garovga olingan 33 nafar isroillikni ozod qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan, ulardan sakkiz nafari o‘lgani taxmin qilinmoqda. Bunga javoban esa Isroil qariyb ikki ming nafar falastinlik mahkumni ozod qilishi va o‘z qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqa boshlashi lozim.
To‘qqizinchi fevral kuni kelishuv doirasida Isroil sektorning markaziy qismini ikkiga bo‘luvchi Netsarim yo‘lagidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgan.