Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:24

“Gazprom neft” O‘zbekistonda AYQSHlar ochishga qiziqmoqda


Qirg‘izistondagi “Gazprom neft” AYQShlaridan biri (illyustrativ surat)
Qirg‘izistondagi “Gazprom neft” AYQShlaridan biri (illyustrativ surat)

“Gazprom neft” O‘zbekistonda o‘z brendi ostida avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i qurish doxil qator yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TASS agentligi shirkat rahbari Aleksandr Dyukov so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.

“Biz allaqachondan buyon O‘zbekistonda ishlayapmiz, u yoqqa neft va neft mahsulotlari – benzin, dizel yonilg‘isi, moylash va bitum materillarini yetkazib bermoqdamiz. Hozir o‘z brendimiz ostida avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish doxil O‘zbekistonda yana ayrim loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilyapmiz”, degan Dyukov Rossiya energetika haftaligida.

“Gazprom neft” rahbari O‘zbekiston shiddatli iqtisodiy o‘sish ko‘rsatayotgani va neft mahsulotlari iste’molini ko‘paytirayotganini qayd etgan. Dyukovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston istiqbolli bozor bo‘lib, bu bozor ichida bo‘lish to‘g‘ri bo‘ladi.

U o‘zi rahbarlik qilayotgan shirkat O‘zbekiston bilan uglevodorodlar razvedkasi va ularni qazib olish sohasida hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini ham bildirgan.

Iqtisodiy tahlilchi Otabek Bakirov fikricha, “Gazprom neft”ning O‘zbekistonda AYQSH tarmog‘ini ochmoqchi bo‘lgani “juda yomon xabar”dir. Bakirovga ko‘ra, bu yerda “gap faqat sanksiyalar va ikkilamchi sanksiyalar riskida emas, gap faqat bularning benzinini sotib olish orqali iste’molchilar qonxo‘rlik va zo‘ravonlikka sherik bo‘lishida ham emas”.

Garchi bularning barchasi milliy va shaxsiy gigiyenada juda katta ahamiyatga ega. Bir kun kelib urush baribir tugaydi, bosqinchilar mag‘lub bo‘ladi va jazosini oladi, bosqinchilar qo‘ltig‘iga suv purkagan yelpataklar sharmanda bo‘ladi. Lekin bozorimizni potensial agressorga qo‘sh-qo‘llab topshirib qo‘yganimiz va raqobat muhitini o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirganimiz qoladi”, deb yozgan Otabek Bakirov.

XS
SM
MD
LG