Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 11:15

Gruziya: Muxolifat partiyalari ofislarida tintuvlar o‘tkazilmoqda


Muxolifatchi Nika Gvaramiyaning qo‘lga olinishi, 2024-yil 4-dekabri
Muxolifatchi Nika Gvaramiyaning qo‘lga olinishi, 2024-yil 4-dekabri

Gruziyada politsiya vakillari muxolifat partiyalari ofislariga tintuv o‘tkazish uchun kelishgan. Bu haqda Ozodlikning gruzin xizmati va “Exo Kavkaza” loyihasi xabar qildi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari, jumladan, “Axali”, “Droa”, “Girchi – Ko‘proq erkinlik” hamda “Birdamlik – Milliy harakat” muxolifat partiyalari ofisiga kelishgan. “Axali” partiyasi asoschisi va “O‘zgarishlar uchun koalitsiya” lideri Nika Gvaramiya va faol Gela Xasaya qo‘lga olingan.

Mtavari telekanali xabariga ko‘ra, muxolifatning bir necha lideri ushlangan. Telegram-kanallari yetti kishi qo‘lga olingani haqida yozmoqda. Tintuvlar bezorilik va guruh bo‘lib amalga oshirilgan zo‘ravonlikni uyushtirganlik moddalari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Bu muxolifatni qo‘rqitib qo‘yish urinishidir”, deya iqtibos keltirgan “Interfaks” agentligi “O‘zgarishlar uchun koalitsiya” lideri Nika Meliya so‘zlaridan. Uning fikricha, rasmiylarning bu kabi xatti-harakatlari Gruziyada norozilik chiqishlari ko‘lamining kengayishiga olib keladi.

Gruziyada norozilik aksiyalari 28-noyabrdan buyon davom etmoqda. Bunga Gruziya parlamentining Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni 2028-yilgacha to‘xtatib qo‘yish va Yevropa grantlaridan voz kechish qarori sabab bo‘lgan. Ayni paytda Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiylar o‘z maqsadlariga sodiq qolayotganlari va mamlakat 2030- yilga borib YIga kirishga tayyor bo‘lishini urg‘ulagan.

Politsiya norozilik namoyishlarini tarqatish uchun suvotar va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazni ishga solmoqda. Aksiyalarda umumiy hisobda 300 ga yaqin kishi qo‘lga olingan. Kobaxidze tartibsizliklarni uyushtirishda muxolifatni ayblagan.

XS
SM
MD
LG