Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:31

Hindistonda gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazilgani aytilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Hindiston o‘zining uzoq masofali ilk gipertovushli raketasi sinovini muvaffaqiyat bilan o‘tkazgan. Bu haqda 17-noyabr kuni mamlakat mudofaa vaziri Rajnat Singh ma’lum qildi. Sinov shanba kuni Hindiston yarimorolining sharqiy sohili yaqinidagi orolda joylashgan Abdul Kalom poligonida bo‘lib o‘tgan.

Sinovdan o‘tkazilgan raketa turli kallaklarni tashish va 1500 kilometr masofaga uchib borish imkoniyatiga ega. U tovush tezligidan besh baravar yuqori bo‘lgan tezlik bilan ucha oladi.

Shu tariqa Hindiston ilg‘or texnologiyali quroli bo‘lgan tor doiradagi davlatlar qatoriga qo‘shilgan. Hozirgi kunda gipertovushli qurolga AQSH, Rossiya va Xitoygina egaliq qiladi. O‘zlarida gipertovushli raketalar sinovi o‘tkazilgani haqida avvalroq Eron, Shimoliy Koreya va Yaman husiylari ham e’lon qilishgan, biroq ayni paytda ularning armiyasida bu kabi qurol bor-yo‘qligi ma’lum emas.

Rossiya Ukrainada keng ko‘lamli bosqinchilik urushi boshlaguniga qadar Hindiston Rossiyadan anchagina qurol-aslaha va harbiy texnika import qiluvchi davlatlardan biri edi. 2022-yildan keyin Hindiston birinchi galda AQSH, Yaponiya va Avstraliya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirmoqda.

XS
SM
MD
LG