Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2025, Тошкент вақти: 17:09

Ikki aviashirkat O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi


O‘zbekistondagi aeroportlardan biri (illyustrativ surat)
O‘zbekistondagi aeroportlardan biri (illyustrativ surat)

Saudiya Arabistonining Flynas va Eronning Qeshm Air aviakompaniyalari O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.

Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bunga Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Eron havo hududi yopilishi sabab bo‘lgan.

2-oktyabr kuni Flynas'ning Jidda – Toshkent – Jidda (KNE633/634) va Jidda – Namangan – Jidda (KNE651/652) yo‘nalishidagi, Qeshm Air aviashirkatining esa Tehron – Toshkent – Tehron (QSM2143/2142) yo‘nalishidagi reyslari bekor qilingan.

Ushbu reyslar haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etilgan.

Avvalroq Ozodlik 1-oktyabr oqshomida Eron Isroil hududiga ballistik raketalar bilan zarba bergani haqida xabar qilgandi. Mazkur hujum tufayli Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroporti bir muddatga yopilgandi.

Eron rasmiylari ham “mintaqada parvozlar xavfsizligini ta’minlash” vajidan payshanba tongigacha barcha aviareyslarni bekor qilishga qaror qildi. Parvozlar bekor qilinganiga oid qaror Eron–Isroil mojarosi keskin kuchayib ketgani manzarasida e’lon qilindi.

Yaqin Sharqdagi taranglik Uzbekistan Airways parvozlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Aviashirkatning Tel-Aviv – Samarqand – Toshkent yo‘nalishi (HY304 reysi) bo‘ylab parvoz qiladigan uchog‘i 1-oktyabr kuni belgilangan vaqtdan ikki soat kechikib uchgan.

XS
SM
MD
LG